19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

Ikkinchisini Abu Zarr (r.a.)ga berib: "Bunga yaxshilik qil, xayrixoh bo’l", dedilar. Abu

Zarr u qul bolani ozod qilib yubordilar. Rasululloh (s.a.v.) Abu Zarrga: "Qul bola qalay?"

- deb so’raganlarida, u kishi: "Bunga xayrixoh bo’l, degan edingiz, men uni ozod qilib

yubordim", dedilar".

164. Anas ibn Molik (r.a.)dan rivoyat qilindi, aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) Madinaga

kelgan vaqtlarida u kishiga xizmat qiladigan xodim yo’q edi. Otam Abu Talha mening

qo’limdan ushlab Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga olib borib: "Yo Rasululloh! Anas ziyrak,

bola, sizga xizmat qilib yursin", deb meni Rasululloh (s.a.v.)ga topshirdilar. Men

vafotlariga qadar Rasululloh (s.a.v.)ga safarlarida ham, safarda emas vaqtlarida ham

xizmat qildim. Birorta ishni noo’rin qilib qo’yganimda Rasululloh (s.a.v.): "Nega buni

shunday qilding?" va bir ishni qilmay qo’ygan bo’lsam ham: "Nega buni qilmading?" -

deb aytgan emaslar".

86-bob. Qul o’g’irlik qilsa

165. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.): "Agar mamluk o’girlik qilsa, uni

yigirma tangaga bo’lsa ham sotib yubor", dedilar.

87-bob. Xizmatkor gunoh qilsa

166. Osim ibn Luqayt ibn Sahra (r.a.) aytdilar: "Men Paygambari Xudo huzurlariga yetib

keldim. Shu vaqtda podachi bir qo’zichoqni orqasidan itarib qo’yxonaga kiritayotgan edi.

Rasululloh (s.a.v.): "Sen men uchun qo’y so’yildi, deb hisoblama! Bizda yuzta quy bor,

ko’payib ketishini istamaymiz, qachon cho’pon yangi tugilgan qo’zichoqni olib kelsa,

o’rniga bir qo’yni so’yamiz", dedilar".

88-bob. Qulga topshirilgan narsani muhrlab berish haqida

167. Abu Oliya (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Bizlar xizmatchilarimiz yomon odatga

o’rganmasin va o’zimiz badgumon bo’lmaylik, deb ularga buyurilgan narsani muhrlab,

o’lchab va sanab berishga da'vat etilganmiz".

Bu o’rinda garchi qulga topshiriladigan ish haqida gap borsada, ammo sharti umumiydir.

Boshqalarga ish topshiradigan har bir kishi azbaroyi badgumon bo’lishdan xalos bo’lmoq

uchun va birovlarni aybdor qilib qo’yish gunohidan forig bo’lmoq maqsadida buni o’z

turmushida tadbiq etmogi zarurdir .

89-bob. Xizamtkorni siylash haqida

168. Salmon Forsiy: "Xizmatkor menga xiyonat qilib qo’yishidan qo’rqqanim uchun uni

go’shtlari shilingan suyaklar bilan hamisha siylab turaman"; dedilar.

169-hadis 168-hadisning aynan takrori.

90-bob. Xizmatkorga odob berish haqida

170. Yazid ibn Abdulloh ibn Kusayt (r.a.) aytdilar: "Abdulloh ibn Umar (r.a.) o’zlarining

gulomlariga oltin yoki kumush berib, uni almashtirib kelish uchun yubordilar.G’ulom esa

www.ziyouz.com kutubxonasi 30

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!