19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

157. Abdulloh ibn Mas'ud (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.): "Birov sizni uyiga taklif qilsa

boring, hadya qilinsa, qabul qiling va musulmonlarni urmang", dedilar.Taklif xoh

ziyofatga, xoh biror to’yga bo’lsa (basharti u yerda ichkilik kabi buzuq ishlar bo’lmasa)

unga borish lozim. hadya berilganda uni hazm qilib ketmay, iloji bo’lsa yaxshiroq biror

narsa berish albatta yaxshiroqdir. Shar'iy yoki qonuniy hukm bilan bo’lmasa,

musulmonlarni va shu jumladan qaramog’idagi kishilarni nohaq urish albatta haromdir .

158. Hz. Ali (k.v.) Rasululloh (s.a.v.)ning so’nggi so’zlari shunday bo’ldi, deb xabar

qildilar: "Namozni kanda qilmang, namozni kanda qilmang. Qaramog’ingizdagi kishilarga

yomon munosabatda bo’lishdan Allohdan qo’rqing!"

83-bob. Qaramog’idagi kishilarga yomon qarash haqida

159. Abu Dardo (r.a.)dan rivoyat qilindi. U zot aytdilar: "Baytariy hayvonlarni qanday

yaxshi bilsa, biz sizlarni undan ko’ra ham yaxshiroq bilamiz. Yaxshilaringizni ham,

yomonlaringizni ham bilib oldik. Kimki odamlarning yaxshiligidan umidvor bo’lib,

yomonligidan amin bo’lib yuradigan bo’lsa, u yaxshi kishi. Ammo yaxshiligidan umid

uzib, yomonligidan qo’rqib yuradigan bo’lsa va ozod qilgan quliga yaxshilik va yordam

qilmasa, u yomondir".

Baytariy - mol do’xtiri demoqchi (t.).

160. Abu Umomadan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Kimki (qo’lidagi bor narsalaridan)

kishilarga bermasa, (safarda ovqatimga hamroxlarim sherik bo’lmasin deb) ovqatini o’zi

yesa va qulini uradigan bo’lsa, u kishi Allohning ne'matvorligani inkor qiluvchidir".

161. Hasan Basriy aytdilar: "Bir kishi o’zining qul bolasiga tevani sug’orib kelishni

buyurganda, bola uxlab qolib, xo’jasining buyruqini bajara olmagan ekan. Shunda u

bolaning yuziga cho’q otgan, qul bola qochib borib quduqqa yiqilgan. U erta bilan Hz.

Umar huzurlariga bordi. Hz. Umar bolaning yuzidagi cho’gning asarini ko’rib, uni ozod

qilib yuborishni buyurdilar".

84-bob. Cho’rini a'robiyga sotib yuborish haqida

162. Amr (r.a.) aytdilar: Hz. Oyisha (r.a.) o’zlarining bir cho’rilariga: "Men vafot

etganimdan keyin sen ozodsan", deb qo’ygan edilar. "Bir kun Hz. Oyisha betob bo’lib

qoldilar. Shunda akalarining o’gillari sudanlik yoki Hindistonlik bir lo’li tabibga u zotning

dardini aytilganda, tabib: "U kishi sehrlanganlar, u zotni o’z cho’rilari sehr ?ilgan", dedi.

Tabibning so’zini Oyishaga aytilganda, u kishi cho’rini chaqirib so’radilar. Cho’ri esa sehr

qilganini e'tirof qildi. Hz. Oyisha (r.a.): "Nima uchun bu ishni qilding, endi bundan keyin

sen sira cho’rilikdan qutilmaysan", dedilarda, "Buni cho’rilariga yomon qaraydigan

a'robiylarga sotib yuboringlar", deb buyurdilar.

85-bob. Xizmatkorning gunohini kechirish haqida

163. Abu Umoma (r.a.) aytdilar. "Rasululloh (s.a.v.) ikkita qul bolani olib keldilarda,

birini Hazrat Aliga berib: "Buni urma, chunki biz kelganimizdan buyon uning namoz

o’qishini ko’rdim. Namoz o’qiydigan kishini urishdan Alloh meni qaytargan", dedilar.

www.ziyouz.com kutubxonasi 29

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!