19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

shunga Allohdan bo’ladigan savobni umid qilsam, bu men uchun butun dunyodan va

undagi hamma narsalardan ham yaxshiroq bo’lar edi", degan edilar.

153. Abdulloh ibn Mas'ud (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) sahobiylaridan:

"Qaysilaringizga o’z molidan ko’ra varasalarining moli yaxshiro? ko’rinadi?" - deb so’radilar.

Sahobiylar: "Yo Rasululloh! Hammamizga ham uz moli merosxo’rlarining molidan

yaxshiroqsir", deyishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.): "Bilib qo’yinglarki, varasalaringizga

tegishli mol o’z molingizdan ko’ra yaxshiroq ko’rinadi. O’zingizdan ilgari yuborgan molbu

sizning molingiz. Ammo o’zingizdan keyin orqangizda qolgan mol esa, bu albatta

varasalar molidir", dedilar".

Kishi hayotida molidan yaxshi ishlarga sarf qilsa, uni o’zidan ilgari yuborgan bo’lib,

manfaati o’zigadir, ammo molparastlik tufayli uni yigab, o’zidan keyin qoldirsa, u

varasalar moli hisoblanadi, Shuning uchun Rasululloh (s.a.v.) u mol kishiga yaxshi

ko’rinadi, dedilar. Endi varasalar insofli bo’lib, otadan qolgan molni yaxshi ishlarga

sarflasalar, albatga, savobdir, buning ajr-mukofotani Alloh beradi. Ammo ular betafviq

bo’lib, ota molini yomon ishlarga sarflaydigan bo’lsalar, ma'azolloh, bu albatga gunohdir.

154. Abdulloh ibn Mas'ud (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.) sahobiylardan: "Sizlar raqub

deb kimni aytasizlar?" - deb so’radilar. Sahobiylar: "Bizlar raqub deb o’zidan bola

tug’ilmaydigan kishini aytamiz", - deyishdi. Rasululloh (s.a.v.): "Bunday emas, raqub

o’zidan ilgari birorta bolasini (qabrga) uzatmagan kishidir", - dedilar.

Raqub lugatda ikki ma'noda: biri raqobatdan, ya'ni kuzatish, saqlash va kutib turish,

ikkinchisi bolasi tugmavdigan kishi ma'nosida, ya'ni bolalari o’laverib, yangi tug’ilgan

bolasini ham avvalgalari qatori o’lib qolishidan qurqib, kuzatib turadi. Birinchisi bolash

yo’qiligidan qayg’urib, Alloh taolodan bola so’rab iltijo qilgani uchun savob kutsa,

ikkinchisi o’zidan keyin bolalari qolib, uning haqida qiladigan duolari va xayr-ehsonlarini

kutadi.

155. Abdulloh ibn Mas'ud (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Sizlar pahlavon

deb kimni hisoblaysizlar?" - deb sahobiylardan so’radilar. Ular: "Biz kurashda hech

kimdan yiqilmaydigan kishini pahlavon deb bilamiz", deyishdi. Rasululloh (s.a.v.):

"Unday emas, balki jahli chiqqan vaqtida ham o’zini tiya oladigan kishini pahlavon

deyiladi", dedilar".

82-bob. Mamluklarga yaxshi munosabat haqida

156. Hz. Ali (k.v.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.)ning dardlari og’irlashgan vaqtida menga:

"Ey, Ali! Menga hayvon kuragidan olib kel, men ummatlarim zalolatga tushmaydigan

narsalarni yozdiraman", dedilar. Men esa, kurakni olib kelgunimcha Rasulullohning

olamdan o’tib qolishlaridan qo’rqib: "Yo Rasulalloh! Aytadigan gaplaringizni men

yodimda saqlab qolaman", dedim. Shu vaqtda Rasulullohning muborak boshlari mening

bilagim bilan yelkam ustida edi. Rasululloh (s.a.v.)shunda: "Namozni o’z vaqtida

o’qinglar, zakotni beringlar hamda qo’l ostingizdagi kishilarga yaxshi qaranglar", deb

vasiyat qildilar va jonlari chiqqunga qadar shunday so’zlarni aytib, oxirida "Lo iloha

illalloh, Muhammadu-r-Rasululloh" kalimasiga guvohlik berishga buyurdilarda: "Kim shu

kalimaga ko’ngil bilan guvohlik bersa, Alloh taolo uning jasadini do’zax o’tiga harom

qiladi", dedilar".

www.ziyouz.com kutubxonasi 28

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!