19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

degan hadislarini eshitganman, dedilar".

Kichik baliqchalar suvda istagan joyida suzib yurganidek, musulmon bolalari yoshligida

vafot etgan bo’lsa, jannatda xohlagan yerida yuraveradi .

146. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Kimning uchta bolasi vafot

etsa, bu Alloh taoloning irodasi, deb sabr qilib va shu sabri uchun Allohdan savob umid

qilsa, u kishi jannatga kiradi", deganlarida, biz: "Yo Rasululloh Agar uning ikkita bolasi

o’lib, shunga sabr etgan bo’lsachi?" - deb so’raganda, Rasululloh: "Ikki bolasi o’lgan

bo’lsa ham", deb marhamat qildilar. Roviy Mahmud ibn Lobid dedi: "Jobirga: "Vallohi!

Agar siz bitga bolasi o’lgan bo’lsachi, deb so’raganingizda, Rasululloh (s.a.v.) albatta

bitga bolasi o’lgan bo’lsa ham, deb javob bergan bo’lur edilar", deganimda, u: "Vallohi!

Men ham shunday deb o’ylayman", deb javob berdi".

147-hadis 144-hadisdagi mazmunning aynan takrori.

148. Abu Hurayra (r.a.) shunday rivoyat qildilar: "Bir xotin Rasuli Xudoga huzurlariga

kelib: "Yo Rasululloh! Siz sahobiylaringiz bilan majlis qurib o’tirganingizda men

so’zlashga jur'at qilolmayman. Biron kun bizni biron joyga to’plang, (savollarimizga

sizdan javob ola bilaylik)", dedi. Rasululloh (s.a.v.): "Falon kuni falonchining uyida

to’planingiz", deb marhamat qildilar. Xotinlar aytilgan kuni to’planishdi va Rasululloh

(s.a.v.) kelib, ularning savollariga javob berar ekanlar, orada shu gapni aytdilar:

"Orangizda kimning uch bolasi o’lgan bo’lsa-yu, Allohning irodasiga sabr qilib umid

tutsa, albatta, u jannatga kiradi". Bir xotin: "Yo Rasululloh! Ikki bolasi o’lgan kishi ham

jannatga kiradimi?" - deb so’radi. "Ikki bolasi o’lgan bo’lsa ham", deb javob berdilar.

Mazkur hadisning roviysi Suhayl hadis to’plash va hadisga suyanib fikr aytishda

benihoya zehnli edi, ammo o’sha kuni bu hadisni yozib oluvchi odam topilmadi".

149-hadis mazmuni 148-hadisda o’tdi, faqat bunda Ummu Sulaym (r.a.) dan rivoyat

qilingan.

150. Sa'sa'a ibn Muoviya (r.a.) qaerdadir suv idishini bo’yinlariga osib olgan Abu Zarr

Giforiy (r.a.)ga duch keddilar. Shunda u kishi: "Ey, Abu Zarr, nechta bolangiz bor?" -

deb so’radilar. Abu Zarr: "Ey , Sa'sa'a, men Rasululloh (s.a.v.)dan: "Qaysi bir musulmon

kishining balogatga yetmagan uchta bolasi o’lsa, Alloh taolo bolalariga marhamat qilib,

uni albatta jannatga kirgizadi va qaysi bir kishi bir musulmonni qullikdan ozod qilsa,

uning har bir a'zosini ozod qilgan qulining a'zosi badaliga do’zax o’tidan saqlaydi", degan

hadislarini eshitgan edim", dedilar.

151. Anas ibn Molik (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)ning shunday deb marhamat qilganlarini

xabar qildi: "Bir musulmonning uchta bolasi norasida paytida o’lib ketgan bo’lsa. Alloh

o’sha norasidalarga bo’lgan rahmatining lutfi bilan u kishini jannatga kiritadi".

81-bob. Chala tug’ilib o’lgan bola haqida

152. Sahl ibn Hanzaliya (r.a.) hech bola ko’rmagan edilar. U kishi: "Alloh taolo menga

Islom dinida chala tugilsa ham birorta farzand bersa-yu, men farzand dogiga sabr etib

www.ziyouz.com kutubxonasi 27

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!