19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

kelmaydi va boshqalar ham unga nasihat qilmaydi (yoki boshqalar nasihatini qabul

qilmaydi)", degan edilar".

140. Asmo' ibn Ubayd: "Ko’limda bir yetim bola bor", deb Ibn Siringa aytdi. Shuvda Ibn

Sirin: "O’z bolangga qanday qaraydigan bo’lsang, qo’lingdagi yetimga ham shunday

qaragin. O’z bolangni nima uchun uradigan bo’lsang, u yetim bolani xam shuning uchun

ur!" - dedilar.

78-bob. Umrini yetim bolalariga ba?ishlagan tul xotinning fazilati

141. Avf ibn Molik (r.a.) Rasulullohdan rivoyat qildilar. "Rasululloh: "Eridan beva qolib,

bolalarini sabr bilan tarbiya qilayotgan va turli mashaqqatlarga uchraganidan rangi

sargayib ketgan xotin bilan jannatda shunday bo’lamiz", deb ikki barmoqlarini bir-biriga

jips qilib ko’rsatdilar, dedilar".

Ya'ni shunday xotin jannatga kiradi va darajasi boshqa xotinlarga nisbatan mening

darajamdek baland bo’ladi.

79-bob. Yetimga odob o’rgatish haqida

142. Shumaysatu-l-Atakiya aytdi: "Hz. Oyisha Huzurlarida yetim bolaning odobi

to’grisida bahs bo’ldi, shunda u zot: "Men yetim bolani keyinchalik xursand bo’lsin, deb

uraman", dedilar.

Ya'ni bola yaxshi odob o’rgansa, katta bo’lganida shu odobi tufayli hurmatga ega bo’ladi,

demoqchi bo’lsalar kerak.

80-bob. Bolalari o’lgan kishining fazilati haqida

143. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.): "Qaysi bir musulmon kiishning

uchta farzandi o’lgan bo’lsa, do’zax o’ti unga tegmaydi, faqat Alloh taolo Qur'onda:

"Sizlardan har biringiz unga (jahannamga) tushuvchidirsiz. (Bu) Rabbingiz (irodasiga

binoan) vojib bo’lgan hukmdir" (19:71), degan qasami uchungina u kishi ham bir tushib

o’tadi", - dedilar.

Bu oyat tafsirida Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: "Rasululloh: "Do’zaxga yaxshi kishilar

ham, yomonlar ham kiradi, lekin u mo’minlar uchun sovuq va salomatlik bo’ladi",

deganlar". Ibn Abbos esa:"Do’zax ichiga kirmay, faqat yonidan o’tadilar", dedilar. Ba'zi

sahobiylar: "Do’zaxdan murod pulsirotdir", deydilar. (Zamahshariy, Al-kashshof, 2-jild,

339-sahifa).

144. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi. "Bir xotin kishi Rasululloh huzurlariga kelib:

"Yo Rasululloh, bu bolam haqiga duo qiling, men uchta bolamni ko’mdim", dedi. Shunda

Rasululloh (s.a.v.): "Sen zo’r qalqon bilan do’zaxdan to’silib qolibsan", dedilar".

145. Xolid Absi (r.a.) aytdilar: "Mening bir o’glim o’lib qolganda juda qattiq achindim va

Abu Hurayraga borib: "Siz Rasululloh (s.a.v.)dan o’lgan kishilarimiz haqida bizga dalda

beradigan biror gap eshitganmisiz?" - deb so’radim. Shunda Abu Hurayra (r.a.): "Men

Rasululloh (s.a.v.)dan: "Yosh bolalaringiz jannatdagi kichik chavaq (baliqcha)lardir",

www.ziyouz.com kutubxonasi 26

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!