19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

134. Hasan Basriy (r.al.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Abdulloh ibn Umar (r.a.)

taom yeydigan vaqtlarida bir yetim bola kelib, u janob bilan birgalikda ovqatlanardi.

Kunlarning birida Abdulloh (r.a.)ga taomlari keltirildi, lekin yetim bola yo’q edi. Uni

axtarib topisha olmadi. Noiloj Abdulloh (r.a.) o’zlari taomni yeb bo’lganlaridan keyin bola

kelib qoldi. Bolaning taomini olib kelinglar, deb buyurdilar, ammo taom tugab qolgani

uchun uzr aytilgandan keyin Abdulloh (r.a.) talqon bilan asalni keltirib, .bola oldiga

qo’ydilarda: "Mana buni tanovul qila qol! Alloh nomi bilan qasamyod qilamanki, sen

ziyon qilgan bo’lmading", dedilar". Hasan Basriy (r.al.) aytdilar: "Vallohi, Ibn Umar (r.a.)

ham ziyon qilmadilar".

Ziyon qilgan bo’lmading - ya'ni taomdan kech qolgan bo’lsang ham, bu talqon bilan asal

biz yegan taomdan yaxshiroqdir.Ibn Umar (r.a.) ham ziyon qilmadilar -chunki u kishi

yaxshi gap bilan bolaning ko’nglini ko’tarib savobga ega bo’ldilar .

135-hadisda 133-hadis mazmuni takrorlangan, faqat u Sahl ibn Sa'd (r.a.)dan rivoyat

qilingan.

136. Abu Bakr ibn Hafsning aytishlaricha, Abdulloh ibn Umar (r.a.) biron yetim bola

ishtirok etmaguncha dasturxondan taom yemasdilar.

76-bob.Yetim asragan xonadonning xayri

137. Abu Hurayra(r.a.)dan rivoyat qilinishicha, Rasululloh (s.a.v.) shunday deb

marhamat qilganlar: "Bir yetimni boqib olgan musulmon xonadoni xayrliqdir. Musulmon

xonadonining eng yomoni yetimni xor qilgan xonadondir. Yetim boqqan kishi men bilan

mana shu ikki barmogimdek jannatda birga bo’ladi".

77-bob. Yetimga otadek marhamatli bo’l

138. Abdurrahmon ibn Abza (r.a.) aytdilar: "Hz. Dovud (a.s.): "Etim bolaga o’z otasidek

marhamatlik bo’l! Nima eksang o’shani o’rishingni yaxshi bil! Boylikdan keyin kambagal

bo’lib qolish juda yomon. Bundan ham yomonroq narsa to’gri yo’lda bo’lib, keyin egri

yo’lga o’tib qolishdir. Suhbatdoshingga bir narsa va'da qilsang, o’shani amalga oshir!

Va'da qilgan narsangni amalga oshirmasang, orangizda adovat paydo bo’ladi. Eslagan

vaqtingda senga yordami tegmaydigan va unutganingda seni eslamaydigan

suhbatdoshdan panoh berishini Alloh taolodan so’rab yur!" - degan edilar".

139. Hamza ibn Nujayx Abu Ammora (r.al.) aytdilar: "Men Hasan Basriydan quyidagi

gaplarni eshitdim. Hasan Basriy: "Men ko’p musulmonlarni ko’rgan edim, ulardan bittasi

erta bilan turib: "Ey, ahllarim! Yetim bolalaringiz, miskinlaringiz va qo’shnilaringiz

xolidan xabardor bo’ling", deb nasihat qilardi. Endi yaxshi kishilaringizning umri tugab,

boradigan yerlariga jo’nashdi. Ammo sizlar bo’lsa kundan-kun pastlashib ketayapsiz",

deb edilar". Yana Hamza aytdilar: "Hasan Basriy so’zini davom ettirib: "Endilikda kimniki

ko’rsang fosiq bo’lib, o’ttiz minglab aqcha bilan do’zax tagiga sho’ngib borayottanini

ko’rasan. U nega shunday qiladi? Axir, u Alloh taolo beradigan nasibani arzimaydigan

narsaga sotayaptiku. Yana kimni istasang, u o’z davlati, mol-mulkini o’rinsiz yerga sarf

qilayotgan, shayton yo’liga kirmoqchi bo’layotganini ko’rasan. Uning o’zi ham insofga

www.ziyouz.com kutubxonasi 25

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!