19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

qilsin!" - dedi. Abdulloh ibn Amr: "Rasululloh (s.a.v.) qo’shniga ehson qilishlikni tavsiya

etganlarini eshitganman, shunchalar ko’p tavsiya qilganlarki, hatto qo’shni bizga

merosxo’r bo’ladimikin, deb o’ylab qolganmiz". deb javob berdi .

71-bob. Karam Haqida

129. Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qildilar: "Sahobiylar Rasululloh (s.a.v.)dan:

"Odamlarning eng karimi kim?" - deb so’rashdi. Rasululloh (s.a.v.): "Odamlarning eng

karimi Alloh taolodan qo’rquvchirog’idir", dedilar. Ular: "Yo Rasululloh, biz uni

so’ramadik", deyishdi. Rasululloh: "Odamlarning karimrog’I Hazrat Ya'qub payg’ambar

o’g’li va Ibroxim xalilullohning nabirasi Hazrat Yusuf payg’ambar (a.s.)dirlar", dedilar.

Ular yana: "Bizning savolimiz bu haqida ham emas edi", deganlarida, Rasululloh

(s.a.v.): "Siz arablarning ma'dani qabilalari haqida so’rayotgan bo’lsan-giz kerak,

jo?iliyat zamonida kim yaxshi bo’lgan bo’lsa, Islom dinini qabul qilib, uni yaxshi o’rganib

va shunga muvofiq amal qilsa, ularning yaxshi nomi karimliklari davom etaveradi", -

dedilar.

Karam so’zi ko’p ma'noni o’z ichiga oladi. Karam insonga xos bo’lgan viqor va fazilatlar,

barchaga ma'qul keladigan fel-atvorni ifoda etadi. Karam to’grisida savol bergan

sahobiylarning maqsadlariga Rasulullohtushunib turgan bo’lsalar ham musulmon kishilar

uchun avzal karamning yuqori qismi bo’lgan taqvoni eslatdilar. Keyin nasabi

paygambarlardan bo’lgan Yusuf (a.s.)ni zikr etdilar, chunki arablar nasabning diniy

tomoniga e'tibor bermay, faqat hukmronlik va mol-mulkda ustunlikni nazarda tutar

edilar. Savol berayotganlar uchinchi bor takrorlapshlarida Rasululloh (s.a.v.) maqsadni

anglatib, shunda ham asosiy e'tiborni dinga qaratish keraklshmni uqtirdilar. Din bu

o’rinda taqvogina emas, goya va vijdon hamdir .

72-bob. Yaxshiga ham. Fojirga ham yaxshilik qilaverish haqida

130. "Ehson (ezgulik)ning mukofoti fakat ehson (ezgulik)dir" (55:60), degan aqidaga

Muhammad ibn Alj(ibn Xanafiya): "Bu oyati karima mazmuni yaxshi kishiga ham, fojirga

ham shomildir", deb izoh bergan edilar.

73-bob. Yetim tarbiyalaganning fazilati haqida

131. Abu Hurayra (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)dan rivoyat qildilar: "Rasululloh (s.a.v.):

"Beva xotinlar va miskinlar ro’zgoriga (yordam qilish uchun) harakat qiluvchi kishi Alloh

taolo yo’lida jihod qiluvchilar va kunduzi ro’zador, kechasi ibodat bilan mashgul

bo’ladigan kishilardek savobga egadir", dedilar".

74-bobdagi 132-hadis mazmuni 89-hadisning aynan takroridir, faqat 132-hadis to’qridan

to’gri Hz.Oyisha (r.a.)ning o’zlaridan rivoyat qilingan.

75-bob. Yetim boqqan kishining ajri

133. Murratu-l-Faxriy ibn Amr (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)dan rivoyat qildilar: Rasululloh

(s.a.v.): "Etim bolaning tarbiyasini o’z ustiga olgan kishi jannatda men bilan shunday

yaqin bo’ladi", deb o’rta barmoqlari bilan ikkinchi barmoqlari (ibhomlari)ni ko’rsatdilar.

www.ziyouz.com kutubxonasi 24

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!