19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

taxqirlamasin, chunki har kim o’z himmati va qudratiga yarasha hadya qiladi. Hadya oz

bo’lgani uchun uni mensimaslik o’rtada adovatni qo’zg’atadi.

Abu Hurayradan rivoyat qilingan 123-hadis mazmuni 122-hadisning aynan

68-Qo’shnidan shikoyat qilish haqida

124. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Bir kishi Rasululloh (s.a.v.)ga kelib: "Yo Rasululloh!

Mening bir qo’shnim bor, u menga ko’p ozor beradi", deb shikoyat qildi. Rasululloh

(s.a.v.) unga: "Uyingga borib hamma buyum, asbob-uskunalaringni ko’chaga chiqarib

qo’y", deb maslahat berdilar. U Rasululloh (s.a.v.) buyurganlaridek uyidagi narsalarini

ko’chaga chiqarib qo’ydi. Odamlar yig’ilib: "Bu nima, nima hodisa bo’ldi?" - deb

so’rashganda, u bo’lgan voqeani ularga aytib bergandan keyin, ular: "O’z qo’shnisiga

ozor bergan bunday qo’shniga Alloh taoloning la'nati bo’lsin!" - deb duoibad qila

boshladilar. Bu mojarodan xabardor bo’lib qolgan o’sha yomon qo’shni o’zi kelib uzr

so’radi va: "Yuklaringni uyingga kirgizib qo’yaver! Bundan keyin senga sira ozor

bermayman", deb qasam ichdi.

125-hadisda 124-hadis mazmuni takror kelgan, faqat u Juhayfa (r.a.)dan rivoyat

qilingan.

125-hadisda 124-hadis mazmuni takror kelgan, faqat u Juhayfa (r.a.)dan rivoyat

qilingan.

126. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) ilgari janoza namozi

o’qiladigan yer (maqomi Ibrohim)da oq kiyim kiygan bir kishi bilan ro’baro’ o’tirgan

vaqtlarida bir odam o’z qo’shnisidan ko’rayotgan zulmdan shikoyat qilgani kelib, maqomi

Ibrohim bilan Rukni Yamoniy o’rtasida o’tirdida: "Yo Rasululloh! Ota-onam sizga fido

bo’lsin, yoningizdagi oq kiyim kiygan kishi kim edi?" - deb so’radi. Rasululloh (s.a.v.):

"Uni sen ko’rdingmi? Senga ko’p yaxshilik, barakotlar. kelibdi, u Hazrat Jabroil edilar.

Jabroil (a.s.) menga qo’shnichilik haqida ko’p ta'kid qildilar, hatto men qo’shnilarni birbiriga

merosxo’r qilish haqida Alloh taolodan vahiy keltirdilar shekilli, deb gumon

qildim", dedilar".

Maqomi Ibrohim - Harami sharif ichida, Ka'baning o’ng tarafidaga kichik bir yer, rukni

Yamoniy esa, ushyug o’ng tarafidagi burchak nomi.

69-bob. Qo’shnini ko’chib ketishga majbur qilgan kishi haqida

127. Savbon (r.a.) aytdilar: "Ikki kishi bir-biri bilan uch kundan ortiq arazlashib yurib,

bittasi vafot etsa yoki ikkalasi ham yarashib olmay, shu holda o’lsa, albatta, ikkisi ham

Allohning qahriga yo’liqadi. Qaysi bir qo’shni o’z qo’shnisiga zulm qilib, uni o’z hovlisidan

chiqib ketadigan holatga keltirsa, albatta halokatga uchraydi", dedilar.

70-bob. Qo’shni yahudiy bo’lsa ham...

128. Mujohid (r.a.) aytdilar: "Ibn Abdulloh ibn Amr (r.a.)ning yonida edim. Quli bir

qo’yni so’yish uchun sudrab olib ketayotgan edi. "Ey, yigit! - dedi Ibn Amr. - qo’yni

so’yganing zahoti ulush berishni yonimizdagi yahudiy qo’shnimizdan boshlash esingdan

chiqmasin!" Yonimizda turgan bir odam: "Yahudiyga ehson qilasanmi? Alloh seni isloh

www.ziyouz.com kutubxonasi 23

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!