19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

beradigan ishlarni qilmaslikdan iborat. Rasululloh (s.a.v.) bergan ta'limotga ko’ra,

qo’shnichilikda din va millat tanlanmaydi, barcha tengdir .

102. Abu Shurayx Hizoiy (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Har kim Alloh taologa va

qiyomat kuniga ishonsa, qushnisiga yaxshilik qilsin, mehmonini hurmat qilsin va shirin

so’zli bo’lsin. Agar aytadigan yaxshi so’zi bo’lmasa, unda gapirishdan tilini saqlasin"

dedilar.

56-bob. Qo’shni haqi tugrisida

103. Miqdom ibn Asvad (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) sahobiylaridan: "Zino nima?"

- deb so’radilar. Ular: "Zino qilish harom, uni Alloh taolo va uning Rasuli harom deb

ataganlar, deyishdi. Rasu-lullo? (s.a.v.): "Kishi o’nta xotinni zino qilgani qo’shnisining

xotinini zino qilgani gunohidan engilroqdir", dedilar. Yana Rasululloh (s.a.v.): "O’grilik

to’grisida nima deysizlar?" - dedilar. Ular: "O’grilik - harom, uni Alloh taolo va uning

Rasuli harom deb ataganlar", deganlarida, Rasululloh (s.a.v.): "Unta xonadondan o’grilik

qilishi bitga qo’shni uyidan o’grilik qilishdan yengilroqdir", dedilar".

57-bobdagi 104-hadis mazmuni 101-hadisda bor, ammo bundagi hadis Hz. Umar

(r.a.)dan rivoyat qilingan, 105-hadis ham takror, faqat bunda Abdulloh ibn Amr

(r.a.)ning qo’y so’yganda yahudiy qo’shniga ham go’shtdan ulush berdingmi, deb

ayolidan ikki bor so’raganligi ta'kidlangan. 106-hadis 101-hadisning aynan takroridir.

58-bob. Qaysi qo’shni yaqinroq bo’lsa...

107. Hz. Oyisha (r.a.) aytdilar: "Men Rasululloh (s.a.v.)dan: "Yo Rasululloh! Mening

ikkita qo’shnim bor , hadyani shulardan qaysi biriga berishim kerak?" - deb

so’raganimda, "qaysi bittasining eshigi senga yaqinroq bo’lsa, o’shanga berasan",

dedilar".

108-hadis 107-hadisdagi aynan takrori.

59-bob. Qo’shnichilikning hududi haqida

109. Hasan Basriy (r.al.)dan qo’shni haqida so’ralganda, u. shunday javob berdi:

"Hovlining old tomonidan qirq hovli, ort tomondan qirq, o’ng tomonidan qirq, so’l

tomondan qirq hovlining hammasi qo’shni hisoblanadi".

110. Abu Hurayra (r.a.): "Yaqindagi qo’shni qolib, uzoqdagiga yuugurilmaydi.

qo’shnichilik uzoqdagisi bilan emas, yaqindagisi bilan boshlanadi.

60-bob. Qo’shnisini uyiga kiritmagan kishi haqida

111. Abdulloh ibn Umar (r.a.) aytdilar: "Bizning yoshligimizda ko’rganimiz shunday

ediki, u vaqtda hech bir kishi o’z oltin-kumushini boshqa musulmon birodaridan azizroq

hisoblamas edi. Endi hozir esa, har birimiz uchun oltin-kumush har qanday musulmon

birodarimizdan yaxshiroq bo’lib qoldi. Men Rasululloh (s.a.v.)dan: "Bir qancha qo’shnilar

qiyomat kuni o’z qo’shnilarining etagidan ushlab: "Yo Rabbi! Mana bu qo’shnim

www.ziyouz.com kutubxonasi 20

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!