19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

mo'minlar amiri", dedi Zayd (r.a.). Hz. Umar (r.a.): "Mening senga hojatim bor edi",

dedilar.

631-bob. Odamlar oldida balg'am tashlash haqida

1340. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Kishi odamlar oldvda balg'am ko'chgan paytda kafti

bilan to'sib (odam-lar yo'q) yerga tashlasin. Agar ro'zador bo'lsa, o'zini yog'la-sin toki

unda ro'za ekanidan asar qolmasin".

632-bob. Birovga tegmaydigan qilib gapirish haqida

1341. Habib ibn Sobit aytdilar: "Sahobiylar bosh-qa kishiga tegmaydigan qilib umumiy

tarzda gapirishni yaxshi ko'rishar edi".

633-bob. Birovning uyida alanglab qarayverish haqida

1342. Ibn Abil Huzayl aytdilar: "Abdulloh ibn Mas'ud (r.a.) bir kishini ko'rgani bordilar. U

bilan do'stlaridan yana bir kishi bor edi. Uyga kirishgach, do'sti alanglayverdi. Abdulloh

ibn Mas'ud (r.a.) unga: "Xudo haqi, buvdan ko'ra ko'zingning o'yilib tushgani yaxshi

edi", dedilar".

1343. Iroqliklardan bir guruh Abdulloh ibn Umar (r.a.)ning huzuriga keldi.

Xizmatchilarning bo'yinla-rida oltin bezak bor edi. Ibn Umar ularga qarab: "Yovuz-lik

uchun bunchalar chaqqon bo'lmasangiz!" - dedilar.

634-bob. Ortiqcha so'zlash haqida

1344. Abu Hurayra dedilar: "Ortiqcha gapda yaxshilik yo'q".

1345. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Ummatimning yomonlari

bekorchi, nojo'ya gaplarni tinmay javraganidir, ummatimning yaxshila-ri esa eng go'zal

xulklilaridir", dedilar".

635-bob. Ikkiyuzlamachilik haqida

1346. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Odamlarning yomonlaridan biri

ikkiyuzala-machidir, bularga bir yuzi bilan borsa, ularga boshqa yuzi bilan keladi",

dedilar".

636-bob. Ikki yuzlamachilikning gunohi haqida

1347. Ammor ibn Yosir (r.a.) aytdilar: "Men Rasu-lulloh (s.a.v.)ning shunday deganlarini

eshitdim:"Kim dunyoda ikkiyuzlamachi bo'lsa, qiyomat kuni uning tili olovdan bo'ladi".

Bir gavdali odam o'tib qolgan edi, ul zot: "Bu o'shalardandir", dedilar".

637-bob. Yomon odamlardan qo'rqish haqida

1348. Oyisha (r.a.) aytdilar: "Bir kishi Rasulul-loh (s.a.v.)ning oldilariga kirish uchun izn

so'radi. Ul zot: "Ayting, kirsin, u qabilasining yomon biro-dari", dedilar. Haligi kirgach, u

www.ziyouz.com kutubxonasi 199

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!