19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

1309. Nofi' (r.a.) aytdilar: "Abdulloh ibn Umar (r.a.) agar xonadonlarida biror kishi nard

o'ynayot-ganini ko'rib qolsalar, uni urib, nardni sindirib tashlar edilar".

1310. Oyisha onamizdan rivoyat qilindi: Uylarida yashovchi axli baytda nard borligini

xabari yetib kel-di. Hz. Oyisha darhol ularga odam jo'natib: "Agar nardni tezda chiqarib

tashlamasangiz, o'zingizni uydan chiqarib yuboraman!" - dedilar.

1311. Abdulloh ibn Zubayr o'z xutbalarini shuvday dedilar: "Ey, Makka ahli, menga yetib

kelgan xabarga ko'ra. Quraysh kishilari nard degan o'yin o'ynayotgan zmish-lar. Bu juda

muammodir. Alloh taolo: "Albatga, may va qimor..." degan. Men Alloh nomi bilan qasam

ichib ayta-manki, kimki bu o'yinni o'ynasa, oqibati sochi va terisigadir. (ya'ni, oqibati

juda yomon bo'ladi) hamda uning butun molshsh u haqda xabar keltirganga olib

beraman!"

1312. Abu Hurayra (r.a.) nardni qimor sifatida o'ynayotgan odam haqida "U xuddi

cho'chqa go'shti yeganday bo'ladi", dedilar. Shunday, qimorsiz o'ynaydigan haqida esa:

"U xuddi cho'chqaning qoniga qo'lini tiq-qan kabidir. Nardning oldida unga qarab o'tirgan

esa, xuddi cho'chqaning go'shtiga qarab turgan kabidir", dedilar.

1313-hadis Amr ibn Os (r.a.)dan rivoyat qilingan bo'lib, yuqoridagi hadisning takroridir.

618-bob. Mo'min kishi o'zini inga chaqtirmasligi haqida

1314. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Mo'min ki1pi o'zini bir inga ikki

marta chaqirmaydi", dedilar.

Inga chaqtirish - ya'ni zaharli hashorotlarga chaqgirishdir. Bu o'rinda to'g'ri ma'no ham,

majoziy ma'no ham bor, binobarin, aqlli odam xatoni takrorlamaydi .

619-bob. Kechasi o'q otgan kishi haqida

1315. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.): "Kimki kechasi o'q otsa, u bizdan

emas", dedilar.

1316. Yana Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Kimki bizga qarshi qurol

ko'tarsa, u bizdan emasdir", dedilar".

1317-hadis yuqoridagi hadisning takrori, faqat u Abu Muso Ash'ariy (r.a.)dan rivoyat

qilingan.

620-bob. Alloh taolo bandaning jonini taqdir qilgan yerda olishi haqida

1318. Rasuli akram (s.a.v.): "Alloh bir bandaning jo-nini biror yerda olishni iroda qilsa,

unga o'sha yerda bir hojat chiqarib qo'yadi", dedilar.

621-bob. Ko'ylakka burun qoqqan kishi haqida

1319. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi: U kishi kuylaklariga burun qoqib so'ng:

"Barakalla! Abu Huray-ra kitan (zig'irpoyadan to'qilgan mato)ga burun qoqtsi", dedilar.

www.ziyouz.com kutubxonasi 196

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!