19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

612-bob. Kaptar qimori haqvda

1299. Abu Hurayra (r.a.)ning oldilariga bir kishi kelib: "Biz bir-birimiz bilan ikki

kaptardan garov o'ynaymiz", dedi. Abu Hurayra (r.a.): "Bu yosh bolalar-ning ishidir,

tezda bu ishingizni tashxang", dedilar.

613-bob. Ayollarning tuyalarini haydab borish haqida

1300. Anas ibn Molik (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Baro ibn Molik xirgoyi qilgan holda

erkaklarning tu-yalarini haydab borardi. Anshaja esa, ayollarning (tu-yalarini) haydardi.

U xushovoz edi. Rasululloh (s.a.v.) unga: "Ey, Anshaja, ayollar (tuyalarini) ohista

yurg'iz", dedilar.

614-bob. Ashula haqida

1301. Ibn Abbos Alloh taoloning: "Odamlar orasida shunday kimsalar ham borki, ular

bilimsizlik bilan....behuda so'z(lar)ni sotib olurlar..." (31:6) oyatidagi (behuda so'z)ni

"ashula va shunga o'xshash narsalardir", deganlar.

1302. Baro ibn Ozib aytdilar: Rasululloh (s.a.v.): "Salomni oshkora beringlar. Dilxushlik

zarardir", dedilar.

1303. Fuzola ibn Ubayddan rivoyat qilindi: Bir jamoa ichida o'tirgandilar, odamlarning

nard o'ynayotganlari haqida xabar keddi. U kishi nihoyat daraja-da g'azablanib,

o'rinlaridan turib ketdilar. So'ng: "Uning qimoridan (keladigan narsani) yeyish uchun

o'ynaydigan odam xuddi chuchqaning go'shtini yeb, qoni-ga cho'milgan kabidir", dedilar.

615-bob. Nard o'ynayotganlarga salom bermagan kishi haqida

1304. Fuzayl ibn Muslim otalaridan rivoyat qildilar: Hz. Ali (k.v.) bino eshigidan chiqib,

nard o'ynayotganlarni ko'rsalar ulardan uzoqlashardilar hamda ularga salom bermaslikka

buyurardilar.

616-bob. Nard o'ynaganning gunohi haqida

1305. Abu Muso Ash'ariy (r.a.)dan rivoyat qilindi: Rasululloh: "Kimki nard o'ynasa, Alloh

va rasuliga osiy bo'libdi", dedilar.

1306. Abdulloh ibn Mas'ud (r.a.): "Ushbu ikki ni-shonli, man qilingan kubdan saklaning,

zero u qimordir", dedilar.

1307. Burayda (r.a.)ning rivoyat qilipshariga ko'ra Rasululloh shunday demishlar: "Kimki

nard o'ynasa, qo'lini cho'chqaning etiga va qoniga botiribdi".

1308-hadis 1305-hadisning aynan takrori.

617-bob. Nard o'ynovchilarning ahvoli haqida

www.ziyouz.com kutubxonasi 195

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!