19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

chaqirib, ziyofat berdim, ular duo qilishdi. Men: "Sizlar duo qildingiz.

Allohtaolo (molimga) barakot berdi. Etstsi men duo qila-man, sizlar "Omin", deb turing!"

- dedim. Uning dini, akli va boshqalariga ko'p duo kdotsim. Men uni o'sha kun-gi duodan

tanib olaman".

Ya'ni farzandim ulg'ayganda duolarim mustajob bo'lganini ko'ra-man, demoqchi.

606-bob. Bola sog'lom tug'ilsa, Xudoga shukr qilish haqida

1292. Hz. Oyisha (r.a.) biron oilada farzand tug'il-sa, o'g'il yoki qizligini so'ramas edilar.

Balki: "Sog'lommi?" -deb so'rar, "Ha", deyilsa, "Olamlarning Parvardigori Allohga shukr",

derdilar.

607-bob. Kindik osti tuklarini olib yurish haqida

1293. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Beshta narsa fitratdandir:

mo'ylabni qisq-artirish, tirnoqni olish, kindik osti va qo'ltiq osti tuklarini olib yurish va

misvok qilish", deb marha-mat qilganlar".

608-bob. Tuklarni olishning muddatlari haqida

1294. Ibn Umar (r.a.) har 15 kunda tirnoqlarini va har oyda badanlaridagi tuklarini

tozalardilar.

609-bob. Qimor haqida

1295. Ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Johiliyat davri-da odamlar: "Tuya qimorbozlari

qaerda?" - derdilar. Shunda o'n kishi bir joyga yig'ilib, yangi sutdan chiq-qan o'nta

bo'taloqqa bir tuya sotib oladilar. So'ng qimor o'qlarini aralashtirib bir xaltaga soladilar,

ulardan biriga bo'sh o'q chiqquniga qadar xaltadan o'qni sug'urishda davom etaveradilar.

Qolganlari esa quruq qoladilar. Bo'taloqlar tugagunicha ismi yozig'liq o'q chiqqan kishi

hissasini olib ketaveradi. Mana shu qimordir".

1296. Ibn Umar (r.a.) aytdilar: "Maysir qimordir".

610-bob. Xo'roz ustidagi garov haqida

1297. Rabi'a ibn Abdullohdan rivoyat qilindi: "Hz. Umar (r.a.) xalifalik yaqglarida ikki

kishi ikki xo'rozdan garov o'ynadi. Hz. Umar r.a.) xo'rozlarni so'yib yuborishni

buyurdilar. Shunda ansorlardan bir kishi: "Allohga tasbih aytib turgan jonivorni

o'ldirasizmi?" - dedi. Hz. Umar (r.a.) xo'rozlarni qo'yib yubor-dilar".

611-bob. Do'stiga: "Kel, garov o'ynaymiz", deyish haqida

1298. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) dedilar: "Sizlardan kimki qasam

ichib, qasamida "Lot va Uzzo haqqi", deb yuborsa, "La ilaha illaloh", desin. Kimki

do'stiga: "Kel, garov o'ynaymiz", desa, sadaqa bersin", dedilar.

www.ziyouz.com kutubxonasi 194

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!