19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

595-bob. Ziyofat haqida

1279. Maymun ibn Mehron Nofi' (r.a.)dan: "Ab-dulloh ibn Umar (r.a.) ziyofatga

chaqirganlarmi?" - deb so'radilar. "Lekin tuyalari shikastlanganda uni bizga so'yib

bergandilar", dedi Nofi' (r.a.), so'ng: "Madinaliklarni oldimga yig'ib kel", dedilar Abdulloh

ibn Umar (r.a.). Men: "Ey, Abu Abdurrahmon, nima uchun chaqiramiz, axir

nonimiz yo'q-ku?" - de-dim. Abdulloh ibn Umar (r.a.): "O'zingta shukr, Allo-him, mana

bu nimta-nimta go'sht, bu esa go'shtli sho'rva, kim xohlasa yeb-ichib ketaveradi,

xohlamagan yo'q", dedilar".

596-bob. Erkaklarni xatna qildirish haqida

1280. Abu Hurayra aytdilar (r.a.): "Rasululloh (s.a.v.): "Ibrohim (a.s.) 80 yoshlaridan

keyin Qaddum degan joyda o'roq-randa (ga o'xshash tig') bilan xatna qilinganlar",

dedilar".

Qaddum Xalaf yaqinidagi bir joyning nomi. Madina yaqinidagi tog'ni ham shunday

deyisharli, deguvchilar ham bor.

597-bob. Ayollarni xatna qilish haqida

1281. Ummu-l-Muhojir aytdilar: "Men Rum yaqini-da asirga tushdim. hz. Usmon (r.a.)

bizga Islomga ki-rishni taklif qidtsilar. Men va yana bir kishidan boshqa hech kim

musulmon bo'lmadi. Hz. Usmon (r.a.) (yonidagilarga): "Bu ikkovini xatna qildirib,

tozalang", dedilar".

598-bob. Xatna ziyofatiga chaqirish haqida

1282. Solim aytdilar: "Ibn Umar (r.a.) men va Nu'-aymni xatna qildilar va bizga

qo'chqor so'ydilar. Biz uchun qo'y so'yilganiga bolalarcha suyunganimizni ko'rsangiz

edi!"

599-bob. Xatna marosimida xursandchilik qilish haqida

1283. Hz. Oyisha (r.a.) akasining qizlari xataa qil-dirilgan edi. Oyisha onamizga shu

munosabat bilan "Ularni xursand qilish uchun birortasini chaqirmay-mizmi?" - deyishdi.

Hz, Oyisha (r.a.): "Mayli", deb Adiyga odam yubordilar, u keddi. Oyisha onamiz uylarining

yonidan o'ta turib Adiyning boshini tebra-tib, zavq bilan xonish qilayotganini

ko'rdyutar. U ser-tuk odam edi. Oyisha (r.a.): "Bay-bay, chiqarib yubo-ringlar

shaytonni, chiqaringlar uni!" - dedilar.

600-bob. Zimmiylar ziyofatga chaqirsa...

1284. Hz. Umar (r.a.)ning mavlosi Aslamdan rivoyat qilindi: "Biz hz. Umar (r.a.) bilan

Shomga kelgani-mizda, Umar (r.a.)ning oldilariga qishloq oqsoqoli kelib: "Ey, mo'minlar

amiri, sizga bir taom hozirlagandim, o'zingiz bilan hurmatli (hamroh)laringizni olib

borsangiz, xursand bo'lardim, zero bu amal-larning eng taqvolisi va men uchun eng

sharafli ish-dir!" - dedi. Hz. Umar: "Biz cherkovlaringizda surat-lar borligi sabab u yerga

kirolmaymiz", dedilar".

www.ziyouz.com kutubxonasi 192

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!