19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

591-bob. Xo'rozning qichqirig'i haqida

1272. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Xo'rozning kechasi qichqirganini

eshitsangiz, u fa-rishtani ko'rgan bo'ladi, Allohtsan fazlu marhamatini so'rang. Agar

eshakning hangraganini eshitsangiz, u shaytonni ko'rgan bo'ladi, "Auzu billahi mina-shshay-toni-r-rajim"

deng", deya marhamat qildilar".

592-bob. Burgani so'kmaslik haqida

1273. Anas ibn Molik (r.a.)dan rivoyat qilinishicha, bir kishi Payg'ambar (s.a.v.)ning

huzurlarida burgani la'natladi. Ul zot: "Burgani la'natlama, chunki u pay-g'ambarlardan

birini namozga uyg'otdi", dedilar.

593-bob. Peshin paytida uxlash haqida

1274. Hz. Umar (r.a.) aytdilar: "Quraysh qabilasining ba'zi erkaklari Gohida Abdulloh ibn

Masudning eshi-gi oldida to'planib o'garardilar. Soya orqa tarafga o'pun-ga qadar

ularga: "Turing, qaylula qiling, zero, soya or-qaga o'tgan vaqg shayton uchundir, dedim.

Ular qaylula uchun turib ketdilar. Biz Abdulloh ibn Mas'ud bilan qolganimizda unga:

"Hasxos o'g'illarining ozod qilgan qullaridan biri she'r bitar ekan", - dedim. Ibn Mas'-"ud

o'sha ozod qilingan qulni chaqirib: Qanday sherlar bitasan?" - deb so'radi. U esa ushbu

bayshi o'qidi: Sulaymga g'oziylik unvonini bermoqqa va'da aylading, mayli, Balli,

insonga yetar balki Islomu oq sochlarning tanbihi. Ibn Mas'ud: "Shuning o'zi yetarli.

Haqiqatni ayt-ding, haqqoniy gapni aytding", dedi".

1275. Soib bin Yazid (r.a.) aytdilar: "Hz. Umar (r.a.) bizga kunning yarmida yoki shunga

yaqin paytda: "Tu-ring, qaylula qiling (ya'ni, yotib uxlang), bundan qolgan (vaqt)

shaytonnikidir", der edilar".

1276. Abu Hurayra aytdilar: "Sahobiylar peshin payti uxlashardi".

1277. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Madinalik-larga sharobning eng yoqadigani (u

paytda sharob harom bo'lish arafasida edi) xurmodan va xom xurmodan tayyor-langani

edi. Abu Talha (r.a.)ning uyvda sahobiylarga soqiylik qilayotgandim. (Shu payt) bir kishi

kelib: "Sharob harom qilivdi", dedi. Ular: "Kdchon?" - deb so'rashdi va bir fikrga kelib:

"Sharobni to'kib tajla, ey, Anas", deyishdi. So'ng Ummu So’laymnikida qaylula qilishdi.

Keyin salqinlab, g'usl qilishdi. So'ng Ummu Sulaym ularga xushbo'ylik surib qo'ydi.

Keyin ular Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga yo'l olishdi. Borsalar, (haqiket-da) ham sharob

o'sha odam aytganiday (harom bo'lgan) ekan".

"Moida" surasining 90-oyati nozil bo'lishiga ishora, shu oyat bilan mast qiluvchi

ichimliklar, qimor, majusiylik, folbinlik qat'iy man qilindi.

594-bob. Kun oxiridagi uyqu haqida

1278. Xavot ibn Jubayr aytdilar: "Kunning avva-lida uxlash - tentaklik, o'rtasida uxlash

odob va oxi-rida uxlash ahmoqlikdir".

www.ziyouz.com kutubxonasi 191

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!