19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

1261. Ibn Umar (r.a.)day rivoyat qilinishicha, hz. Umar (r.a.): "Haqiqatda olov

dushmandir, undan ehtiyot bo'ling", dedilar. Ibn Umar (r.a.) ahl-ayollariga olov yoqib

berar, yotishdan oldin o'chirib yotardilar.

1262. Abdulloh ibn Umardan rivoyat qilinishicha, Rasululloh (s.a.v.): "(Yotar

chog'ingizda) uylaringizda olovni (yoniq hodtsa) qoldirmang, zero, u ham dush-manning

bir xilidir", deb marhamat qildilar.

1263-hadis 1259-hadisning aynan takrori. Faqat u Abu Muso Lsha-riydan rivoyat

qilingan.

585-bob. Yomg'irda yaxshilik alomatini ko'rish haqida

1264. Ibn Abbos (r.a.) yomg'ir yog'sa: "Ey, joriya, kiyimimni, egarimni olib chiq",

derdilar, so'ng: "Biz osmondan barakotli suv (yomg'ir)ni yog'dirdik..." (50:9) oyatini

o'qirdilar.

586-bob. Uyga qamchini osib qo'yish haqida

1265. Abdulloh ibn Abbos (r.a.)ddn rivoyat qilin-di: "Rasululloh (s.a.v.) uyga qamchi

osib qo'yishni bu-yurdilar".

587-bob. Kechasi eshiklarni yopish haqida

1266. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: "Rasu-lulloh (s.a.v.): "Tongga yaqin paytdaga

tun zulmatidan saqlaning, zero hech biringiz Alloh maqiuqotlarini qanday tarqatib

tashlaganini bilmaysiz. Eshiklarin-gizni berkiting, suvdonlarinshzning og'zini mahkamlang,

idishlaringizni ustani yoping va chiroqyaarin-gizni o'chiring", deb buyurdilar".

588-bob. Tun payti bolalarni uydan chiqarmaslik haqida

1267. Jobir (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Yosh bolalaringizni tun qoroshuligi

ketgunicha olib o'girin-gaz, (chunki) bu shaygonlarga berilgan soatdir", dedilar".

589-bob. Hayvonlarni urishtirish haqida

1268. Mujohid (r.a.) aytdilar: "Ibn Umar (r.a.) hay-vonlarni urishtirishni yoqgirmas

edilar".

590-bob. Itning vovvilashi va eshakning hangrashi haqida

1269-hadis. Jobir ibn Abdulloh (r.a.)ddn rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Yarim

kechasi tashqariga chiqishni kamaytiring, chunki (bu paytda) Allohning maxluqlari

tarqalib yuradilar. Kimki it vov-vilaga-nini yoki eshak hangraganini eshitsa, Alloh

taolodan quvilgan shayton sharridan panoh tilasin, zero ular (it va eshak) siz ko'rmagan

narsani ko'radi", dedilar".

1270-1271-hadislar yuqoridagi hadisning takroridir.

www.ziyouz.com kutubxonasi 190

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!