19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

U kishi: "Albatta, shunday bo’lishlarini xohlayman", degan edilar, Rasululloh (s.a.v.):

"Unday bo’lsa, Nu'monning o’zigagina berib, boshqalarini mahrum qilishing durust

emas", dedilar.

Imom Buxoriy Rasululloh (s.a, v.)nish1 "Men bunga guvoh bo’lmayman", degan

so’zlaridan, boshqalar guvoh bo’lgan taqdirda, bolalaringdan bittasi - o’sha Nu'monga

hamma narsangi berib, boshqalariga bermasang ham bo’laveradi. degan ma'no

tushunilmasin, dedilar.

Bu o’rinda guvoh bo’lmayman, deyishdan murod adolatsiz taqsimotga guvoh bo’lish

insofdan tashqari, insofdan tashqari ishlar paygambarlik xislatlariga yotdir, degan

ma'nodir. "Boshqalarni guvoh qil", deyishdan murod - agar juda ham shu ishni qilmoqqa

qasd qilgan bo’lsang, u holda adolatsizlikka tarafdor insofsiz odamlarni topa qol,

deganidir.

52-bob. Ota farzandlariga yaxshilik qilishi haqida

94. Abdulloh ibn Umar (r.a.): "Alloh taolo qur'oni karimda yaxshi bandalarni abror, deb

maqtadi, chunki ular otalariga yaxshilik qilganlaridek, bolalariga ham yaxshilik qilgan

edilar. Sening bo’yningda otangning haqi bo’lganidek, bolangning ham haqi bor",

dedilar.

53-bob. Marhamatsiz kishiga marhamat qilinmaydi

95. Abu Said (r.a.) rivoyat qildi: Rasululloh (s.a.v.): "Marhamat ?ilmagan kishiga

marhamat qilinmaydi", dedilar.

96-97-hadislarda 91-hadis mazmuni takrorlangan, faqat ular Jobir ibn Abu Usmon

(r.a.)dan rivoyat qilingan. 90-hadis mazmuni esa, 98-hadisda aynan takror kelgan, u

Hz. Oyisha (r.a)dan rivoyat qilingani. 99-hadis mazmuni ham 90-hadis kabi, ammo uni

Abu Usmon Najdiy Hz. Umar (r.a.)dan rivoyat qilgan.

54-bob. "Rahmat yuz bo’lakdir"

100. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat kdgshndi: "Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: "Alloh taolo

marhamatni yuz bo’lak qilib yaratdi-da, undan to’qson to’qqiz bo’lagini o’zida qoldirib,

bir bo’laginigina yer yuziga tushirdi. Mana shu bir bo’lak ra?mat bilan hamma

maxluqotlar bir-biriga rahm qilishadi, hatto ot ham o’z toychogiga tegib ketmasin deb

ayab, oyoqlarini yuqoriga ko’tarib turadi", degan so’zlarini eshitdim".

55-bob. Qo’shnichilikning ahamiyati haqida

101. Hz. Oyisha (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Hz. Jabroil qo’shni haqiga rioya

qilish to’grisida menga shu qadar ko’p vasiyat (toshpiriq) qildilarki, men uni hatto

molimga ham merosxo’r qilib qo’ysalar kerak, deb o’yladim", - dedilar".

Qushni haqi - quldan kelgancha unga yaxshilik ?ilish, masalan, hadyalar berish,

kurganda ochiq yuzlik bilan muomala qilish, ahvolidan xabar olib turish, iloji boricha

moddiy yordam berishdan, agar modsiy yordam qulidan kelmaganda, unga ozor

www.ziyouz.com kutubxonasi 19

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!