19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

jonimni olar) ekansan, rahm qil (Allohim). (Qayta uni jasadimga) yo'llasang, solih

qullaringni asraganingdek meni ham hifzu himoyangga olgin!"

1246. Baro bin Ozibdan (r.a.) rivoyat qilindi: "Ra-sululloh (s.a.v.): "Uxlamoqchi bo'lgan

odam o'ng yoni bilan yotsin va shunday desin: "Ey, Allohim, o'zingga yuz-landim,

o'zimni Senga taslim qildim, Senga tayan-dim, e'timod qildim, Senga xohish-istagim

bor. Sen-dan qo'rquvim bisyor! Sendan o'zga najotkor va Sendan o'zga panohim yo'q!

Najotu panoh - himoya faqat Se-ningdir! Nozil qilgan kitobigga inondim, yuborgan

Payg'ambaringga imon keltirdim". Agar banda mana shularni o'qib yotsa va vafot etsa

imonli ketadi".

1247. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) yotoqlariga kirganlarida:

"Osmonlaru yerning Parvardigori bo'lmish Allohim! (Ey) donu urug'ni (yaratuvchi,

unduruvchi), Tavrot, Injil va Qur'onni indiruvchi! Sen peshona kokilidan tutadigan

barcha yomonlik egalaridan panoh bergin! O'zing Avvalsan, Sendan oddin hech narsa

yo'q; o'zing Oxirsan, Sendan keyin hech narsa yo'q; o'zing Zohirsan, Sendan tashqa-ri

hech narsa yo'q; o'zing Botinsan, Sendan mustasno hech narsa yo'q. qarzlarimdan najot

bergin, faqir-likdan (qutqarib), boy qilgin", der edilar".

577-bob. Uyquga yotadigan paytdagi duoning fazilati

1248-hadis 1246-hadisning takrori.

1249. Jobir (r.a.) aytdilar: "Bir kishi uyiga ki-rib, to'shagiga yotganida uning oldiga

farishta va shay-ton shoshiladi. Farishta: "Yaxshilik bilan xotima top-sin", desa,

shayton: "Yomonlik bilan xotima topsin", deydi. (Shunda u kishi) agar Allohga hamd

aytib, Uning zikrini qilgan bo'lsa, (Alloh shayton)ni quvib yubo-radi va (banda) yotib

turgunicha panoh bo'ladi. U uyg'on-ganida ham farishta va shayton unga shoshilishadi

va yana o'shanday deyishadi. (Banda shudda Allohning zik-rini qilib: "O'lganimdan so'ng

jonimni takror qay-targan va uyqumda o'ldirmagan Allohga hamd bo'lsin! Osmonlaru

yerni zavol topishdan saqlab turadigan, agar ular zavolga yuz tutsalar, U Zotdan so'ng

(Undan o'zga) hech kim saqlay olmaydigan Zotga - Allohga shukrlar bo'lsin! Darhaqiqat,

U halim va mag'firatli Zotdir. Osmonni yerga iznsiz qulab tushishidan tutib turuvchi

Allohga hamdlar bo'lsin! Darhaqiqat, Alloh odamlarga nisbatan mehriban va rahmlidir",

desa va o'lsa, shahid bo'lib o'tadi. Agar (o'lmay) tursa va namoz o'qisa, fazi-latlar ichra

o'qigan bo'ladi".

578-bob. (Yotganda) qo'lini yonog'i tagiga qo'yish haqida

1250. Baro ibn Ozib (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v) uxlagani yotsalar, qo'llarini o'ng

yuzlari ta-giga qo'yib: "Ey, Alloxim, bandalaringni qayta ti-riltiradigan kun (qiyomat)da

azobingdan saqlagin", der edilar".

1251-hadis yuqoridagi hadisning takroridir.

1252. Abdulloh ibn Amr (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Ikki xususiyat

borki, musulmon odam ularning hisobini qilolmaydi va faqat jannatga kiradi. Ular

(bajarishga) oson bo'lib, ozgana mashg'ul bo'linadi", dedilar. "Ular nima ekan, ey,

Alllohning rasuli?" - deya so'rashdi. "Har namozdan so'ng 10 marta takbir, 10 marta

www.ziyouz.com kutubxonasi 188

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!