19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

g'azabini keltiradi", dedi. Boshimni ko'tarib qarasam, tepamda Rasululloh (s.a.v.) turgan

ekanlar".

1223. Abu Umoma (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasu-lulloh (s.a.v.) masjidda yuzini yerga

qilib (yuztuban) cho'zilib yotgan odamning yonidan o'tayotib: "Tur, (ey)

jahannamiylarcha uxlayotgan odam!" - deb oyoqlari bilan turtdilar".

567-bob. Faqat o'ng qo'lda olib berish haqida

1224. Solimning otasi aytdilar: Rasululloh (s.a.v.): "Hech biringiz chap qo'li bilan yebichmasin,

chunki shayton chap qo'lida yeb ichadi", dedilar. Nofi' (r.a.) bunga shunday

qo'shimcha qildilar: "Ul zot yana: "Chap qo'l bilan olmangiz ham, bermangiz ham",

degandilar.

568-bob. O'tirmoqchi bo'lganda poyabzalini qaerga qo'yish kerakligi haqida

1225. Abdulloh ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Kishi o'tirayotganda poyabzalini yechib,

yoniga qo'yishi sunnatdir".

569-bob. Shayton to'shakka kaltak va tosh tashlashi haqida

1226. Abu Umoma (r.a.) aytdilar: "Sizlardan bi-ringiz ayolini o'ringa yotqizib, ko'nglini

olayotganda shayton u odamni ayolidan g'azablantirish uchun uning to'shagiga kelib,

kaltak, tosh va yo (shunga o'xshash) narsalarni tashlaydi. Agar shunday (narsa) topsa,

ayoliga jahl qilmasin, zero u shaytonning amallaridandir".

570-bob. Ochiqlikda hech bir to'siqsiz uxlagan kishi haqida

1227. Abdurrahmon ibn Ali otasqdan rivoyat qiddi: Rasululloh (s.a.v.): "Kimki uyidan

tashqarida uxla-sa-yu, ustida hech bir parda (to'siq) bo'lmasa, undan himoya soqit

bo'libdi", dedilar.

1228. Ali ibn Amora aytdilar: "Abu Ayub Ansoriy (r.a.) bilan tep-tekis bir maydonga

ko'tarildim. Abu Ayub (r.a.)tushib: "Kechqurun hech bir himoyasiz yotib qolay debman",

dedilar".

1229. Rasululloh shunday deb marhamat qilshanlar: "Atrofi ochiq joyda uxlab qolgan

kishiga hech kim mas'ul emas. Dengiz to'lqinlanib turgan paytda kema-ga mingan odam

uchun ham hech kim mas'ul emas".

571-bob. Oyoqni osiltirib o'tirish haqida

1230. Abu Muso Ash'ariy (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Payg'ambar (s.a.v.) devor(li bir

joy)da, quduq og'zi-da, oyoqlarini quduq ichiga osiltirib olgan edilar".

572-bob. Uydan chiqishda nima deyilishi haqida

1231. Ibn Umar (r.a.) uylaridan chiqishda: "Allo-him, meni o'zing asragin va (har turli

balolardan) saqlagin", der edilar.

www.ziyouz.com kutubxonasi 185

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!