19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

1215. Abu Zurayq Ali Abdulloh ibn Abbos (r.a.) ning o'ng oyog'ini chap oyog'i ustiga

qo'yib, oyog'ini cha-lishtirib o'tirganini ko'rganligini aytdi.

1216. Imron ibn Muslim aytdi: "Men Anas ibn Molik (r.a.)ni mana bunday qilib - bir

oyog'ini ikkinchisi ustiga qo'yib o'tirganini ko'rdim".

563-bob. Kiyimga o'ralib olish haqida

1217-hadis. Sulaymon ibn Jobir Hujaymiy (r.a.) aytdilar: "Men Rasululloh (s.a.v.)ning

oldilariga kelganimda, ul zot burdaga o'ralib olgan edilar, uning etaklari oyoqlarigacha

tushib turardi. Men: "Ey, Allohning Rasuli, menga nasihat qiling", dedim. Ul zot:

"Allohdan qo'rq, hech bir yaxshilikni arzimas sanama, suvsagan bir odamning idishini

chelagingdagi suv bilan to'latib berish yoki birodaringga ochiq chehra bilan gapirish bilan

bo'lsa-da yaxshilik qil. Ustki kiyiming (izor)ini uzun kiyishdan saqlan, chunki u Alloh

yoqgirmaydigan ishlardandir. Bir kishi sendan biron kamchilik topib, tanbih bersa, sen

uning ay-bini topib tanbih berma! Qo'y uni! Uning fikri o'zi-ga (zarariga)dir, savobi

senga bo'ladi. Hech narsani so'kma", deya nasihat qildilar". Jobir (r.a.) aytdilar:

"Shundan keyin men hech bir insonni ham, hayvonni ham so'kmadim".

1218-hadis 546-bobdagi 1185-hadisning takrori, faqat bunda Abu Hurayra (r.a.) men

Hasanni ko'rganimda ko'zlarim jiq yoshga to'ladi", deb boshlagan.

564-bob. Tiz cho'kib o'tirgan kishi haqida

1219. Anas ibn Molik (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.) qavm bilan peshin

namozini o'qidilar. Salom berilgach, minbarga chiqib qiyomat-ni va unda bo'ladigan

buyuk ishlarni esladilar. So'ngra: "Kim nima haqda so'ramoqchi bo'lsa, marhamat,

so'rasin. Allohga qasamki, mana shu o'rnimda ekanman, siz nima so'rasangiz ham javob

beraman", dedilar". Anas (r.a.) (davom etib) aytdilar: "Odamlar Rasululloh (s.a.v.)dan

buni eshitib, ho'ngrab yig'lay boshladilar. Rasululloh (s.a.v.) esa, "So'rang!" deya

takrorladilar. Shunda hz. Umar (r.a.) tiz cho'kib: "Biz Allohni Parvardigor deb, Islomni

din deb, Muhammadni Payg'ambar deb rozi bo'ldik", dedi. Ra-sululloh (s.a.v.) hz. Umar

(r.a.) gapirayotganda jim turdilar. So'ng: "Juda yaxshi. Jonim qo'lida bo'lgan Zotga

qasamki, namoz o'qiyotganimda jannat va do'zax mana shu devorning yuzida menga

ko'rsatildi. Yaxshi-likni ham, yomonlikni ham bugungidayini ko'rma-dim", dedilar".

565-bob. Chalqancha yotish haqida

1220. Abdulloh ibn Zayd ibn Osim Mozoniy (r.a.) aytdilar: "Men Rasuli akram (s.a.v.)ni

bir oyoqlarini ikkinchisining ustiga qo'yib chalqancha yotganlarini ko'rdim".

1221. Ummu Bakr binti Musavvirning otasi aytdi: "Men Abdurrahmon bin Avf (r.a.)ni bir

oyog'ini ik-kinchisining ustiga ko'tarib chalqancha yotganlarini ko'rdim"

566-bob. Yuztuban yotish haqida

1222. Ibn Tixfa G'iforiyning otasi ashobi suf-fadan edilar. U kishi aytdilar: "Men

masjidda kechaning oxirgi qismida uxlayotgandim. Qornimni yerga berib

uxlayotganimda kimdir kelib, oyog'i bilan meni turtib: "Tur, bunaqa yotish Allohning

www.ziyouz.com kutubxonasi 184

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!