19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

Asvad", dedi. Men: "Bu odam kim?" - deb so'radim. "Bu Abdulloh ibn Amr ibn Oss", deb

javob berishdi. Men undan: "Ey, Abu Fu-lon, Dajjol qaerdan chiqadi?" - deb so'radim. U:

"Men sening xalqingdek uzoqdagi narsani ko'rib, burun-ning tagidagini ko'rmagan bir

xalqni bilmayman", deb, orqasidan "(Dajjol) daraxtlari va xurmozorlari bor Iroq

yerlaridan chiqadi", dedi.

1194. Abul-Oliya aytdilar: "Ibn Abbos (r.a.) bilan so'rida o'tirdik".

1195. Abu Jumra dedilar: "Men Ibn Abbos (r.a.) bilan birga o'tirgan edim. U meni o'zi

o'tiradigan kursiga o'tqazgan edi. "Men ham sening kursingda ikki oy o'tirgan edim",

dedi u menga.

1196. Xolid ibn Dinor aytdilar: "Anas ibn Mo-lik (r.a.) Basra amiri Hakam bilan so'rida

o'tirib, shunday deganlarini eshitdim: "Payg'ambarimiz (s.a.v.) issiq paytlari namozni

kech o'qir, sovuq pay-tlarida esa erta o'qirdilar".

1197. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.)ning uylariga kirdim, Ul zot

to'qilgan bir karavot ustida edilar. Boshlari ostida esa, xurmo po'stlog'i bilan to'ldirilgan

yostiq bor edi. Karavot bilan badanlari orasida birgina kuylaklari bor edi xolos. Hz. Umar

(r.a.) u yerga kirib yig'ladilar. Rasu-lulloh (s.a.v.): "Nega yig'layapsan, ey Umar?" - deb

so'radilar. Umar (r.a.): "Nega yig'lamayin, yo Rasulalloh, Xudo haqi, siz Allohga Qaysaru

Kisrolardan hurmatliroq bo'lganingiz holda, ular dunyo huzur-halovotlari ichra

yashamoqdalar. Siz esa ko'rib turganim-day hayot kechirmoqtsasiz", dedilar. Shunda

Rasululloh (s.a.v.): "Ey, Umar, sen bu dunyo ularniki, oxirat bizniki bo'lishini

istamaysanmi?" - dedilar. Umar (r.a.): "Albatta istayman, ey, Allohning Rasuli" - dedi. Ul

zot: "Shuning uchun shunday" - dedilar.

1198. Abu Rifoa Adaviy (r.a.) aytdilar: "Men Rasululloh (s.a.v.) oldilariga yetib keldim.

Ul zot xut-ba o'qiyotgan edilar. Men: "Ey, Allohning Rasuli, di-nini bilmaydigan bir g'arib

odam dini haqida savol so'ragani keldi", dedim. Ul zot xutbalarini qo'yib, menga

yaqinlashib keldilar. Bir kursi olib keldi-lar, oyoqlari temirdan bo'lsa kerak, deb uyladim.

Uning ^stiga o'tirdilar. So'ng Alloh ul zotga bildirgan narsalarni menga o'rgata

boshladilar. Keyin xutbalarini oxirigacha yetkazdilar.

1199. Muso ibn Dihqon aytdilar: "Ibn Umar (r.a.)ni kuyov bo'lib so'ri ustida o'tirganlarini

ko'rdim, egnilarida qizil libos bor edi".

1200. Imron ibn Muslim dedilar: "Anas (r.a.)ning bir kursida o'tirganlarini ko'rdim. Bir

oyog'ini eti-gining ustiga qo'yib olgan edi".

554-bob. Shivirlashib turgan odamlar yoniga yaqinlashmaslmk haqida

1201. Said Muqbiriy aytdilar: "Ibn Umar (r.a.) va u kipsh bilan gaplashib turgan bir

kishining oldiga borib turdim. Ibn Umar (r.a.) ko'ksimga urib: "Ikki kishi o'zyaro

gaplashib turganini ko'rsang, to izn so'ramaguncha ular bilan birga turma!" - dedilar.

"Alloh ishingizni o'nglasin, yo Abu Abdurrahmstn, ikkovingizdan ham yaxshi-roq (biron

gap) eshitishni umid qijandim", dedim.

Demak, oxiratni o'ylagan va unga ezgu amallar bilan borishni istagan odam dunyo

www.ziyouz.com kutubxonasi 181

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!