19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

namoz o’qiyotganingda Rasululloh (s.a.v.)ning qaysi tomonlarida eding?" deb so’radi.

Anas (r.a.): "Men Rasululloh (s.a.v.)ning o’ng tomonlarida bo’ldim.Rasululloh (s.a.v.)

bilan namozni o’qib bo’lganimizdan keyin, "Bularning dunyo va oxiratini obod qilgin!" -

deb bizning xonadonimiz haqiga duo qildilar. Shundan keyin onam: "Yo Rasululloh, bu

kichik xodimchangiz Anas haqiga yana bir duo qilsangiz", deb so’radilar. Rasululloh

(s.a.v.) men uchun hamma yaxshiliklarni Allohdan so’rab va oxirida: "Ey, Alloh!

Anasning moli va farzandlarini ko’paytir va uni barakatlik qil!" - deb duo qildilar".

49-bob. Ona mehr-shafqatlidir

89. Anas ibn Molik (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Hz. Oyisha (r.a.)ga bir xotin

(tilanchi) keldi. Hz. Oyisha (r.a.) unga uchta xurmo bergan edilar, u yonida olib kelgan

ikki bolasiga undan bittadan berdida, bittasini o’zi uchun olib qoldi. Bolalar xurmolarini

yeb bo’lib, yana onalariga qarashdi. Ona qo’lida ushlab turgan xurmosini ikkiga bo’ldida,

yarimtadan bolalariga uzatdi. Rasululloh (s.a.v.) kelganlarida Hz. Oyisha (r.a.) bu

voqeani u janobga hikoya qilib bergan edilar, "Sen nega bundan ajablanasan? Ikki

bolasiga marhamat, mehr-shafqat qilgani uchun Alloh taolo ham unga marhamat qiladi",

dedilar".

50-bob. Yosh bolalarni o’pish haqida

90. Hz. Oyisha (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga bir a'robiy kelib: "Sizlar

yosh bolalaringizni o’pasizmi? Bizlarda bunday odat yo’q", dedi. Rasululloh (s.a.v.):

"Alloh taolo sening ko’nglingdan rahmatini tortib olgan bo’lsa, uni men qanday qilib

sening ko’nglingga joylay olaman", dedilar".

91. Abu Hurayra (r, a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) bir kuni nabiralari imom Husaynni

o’pdilar, shu vaqtda huzurlarida Aqra' ibn Hobis (r.a.) o’tirgan edilar. U kishi: "Mening

o’nta bolam bor, ulardan bittasini ham o’pgan emasman", dedilar. Janob

Rasululloh(s.a.v.) unga qaradilar-da: "Marhamatlik bo’lmagan kishiga Alloh taolo ham

marhamat nazari bilan qaramaydi", dedilar".

51-bob. Farzandlarga odob o’rgatish haqida

Odob barcha yaxshi va ezgu xislatlarni o’z ichiga oladi. "Adab" - chaqirmoq ma'nosida

bo’lib, kishilarni yaxshilikka da'vat qilgani, yomonlikdan qaytargani uchun shu xislat

"odob", deb atalgan .

92. Valid ibn Numayir (r.a.) aytishlaricha, o’tmish kishilar bolalarning solih-qobil

bo’lishlari Alloh taoloning tavfiqi bilan bo’ladi, ammo ularga odob-axloq o’rgatish otalari

vazifasidir, der ekanlar.

93. Bashir ibn Sa'd (r.a.) o’z o’g’lilari Nu'mon ibn Bashirni ko’tarib Rasululloh (s.a.v.)

huzurlariga keldilarda: "Yo Rasulalloh! Men shu o’glim Nu'monga falon-falon narsalarni

berdim, siz shunga guvoh bo’ling", dedilar. Rasululloh (s.a.v, ): "hamma bolalaringga

ham shunday narsalarni berdingmi?" – deb so’radilar. Bashir: "Yo’q, faqat Nu'monning

o’zigagina berdim", degan edilar, Rasulullo? (s.a.v.): "Shunday qilgan bo’lsang men

bunga guvoh bo’la olmayman, boshqa odamlarni guvoh qil!" - dedilar. Keyin:

"Farzandlaringning hammasi senga bir xilda yaxshilik qilishlarini xohlaysanmi?" - dedilar.

www.ziyouz.com kutubxonasi 18

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!