19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

zot yana: "Allohim, bizning gunoxlarimizni mag'firat qil!" - dedilar. So'ng tupuklarini

qo'llari bilan ketkazib oyoq kiy-imlari (tagiga) surdilar. Atrofdagilarning biron-tasiga

zarar yetkazishni istamadilar".

Hadislarning mazmunidan aniq bo'lyaptiki, odamlar ustidan hatlab o'tish odob doirasida

emas, lekin juda muhim xabarlar-ni, gaplarni aytish uchun shuvday qilinsa, bokisi

yo'qdir.

545-bobdagi 1182-1183-hadislar 467-bobdagi 1046-hadisning takrori, faqat 1183-hadis

Abu Said Xudriy (r.a.)dan rivoyat qshshngan.

546-bob. Oyoqlarini quduqqa solib o'tirish haqida

1184. Abu Muso Ash'ariy (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) bir kuni hojat bilan Madina

devor-laridan biriga chiqdilar. Men ham izlaridan chiqdim. Ul zot binoning ichiga

kirganlarida men uning eshi-gi oldida o'tirdim va: "Bugun garchi buyurilmagan bo'lsam

ham Rasululloh (s.a.v.)ning eshik og'asi bo'la-man", dedim. Ul zot hojatdan qaytib,

quduq labiga keldilar. Boldirlarini ochib, oyoqlarini quduq ichi-ga soddilar. Shu payt Abu

Bakr Sidtsiq (r.a.) kelib, kirishga izn so'radilar. "Sizga Rasululloh (s.a.v.) izn

bergunlaricha kuting", dedim. U kutib turdi. Men Rasuli akram (s.a.v.) oldilariga kelib:

"Ey, Rasulalloh, Abu Bakr huzuringizga kirish uchun izn so'ra-moqda", dedim. Ul zot:

"Unga izn ber va jannat xushxabarini unga yetkaz!" - dedilar. A.bu Bakr (r.a..) ki-rib,

Rasululloh (s.a.v.)ning o'ng tomonlariga o'tirdi. U ham boldirlarini ochib, quduq ichiga

osiltirib oldi. Hz. Umar (r.a.) keldi. "Payg'ambar (s.a.v.) izn bermagunlaricha joyingizda

turing", dedim. Rasuli akram (s.a.v.): "Ayt, kirsin va unga jannat xushxaba-rini ber!" -

dedilar. Hz. Umar (r.a.) ul zotning chap yonlariga o'tirdi. Hz. Umar (r.a.) ham boddirini

ochib, oyoqlarini quduqqa tashlab oldi. quduq labi to'lib u yerda bo'sh yer qolmadi.

So'ngra hz. Usmon (r.a.) keldi. "Ul zot izn bermagunlaricha turib turing", dedim.

Rasululloh (s.a.v.): "Unga izn ber va jannat xushxaba-rini berish bilan birga unga

kelajak balolarini1 ham ayt", dedilar. Usmon (r.a.) ular bilan o'tirgani joy topa

olmagach, burilib, ularga qarama-qarshi, quduqning qirg'og'iga o'tirdi va boddirini ochib,

oyoqla-rini quduqqa tiqtsi. Men akam ham kelishini istar-dim. Allohdan uning kelishini

so'rab duo qildim. Lekin ular turgunlaricha ham akam kelmadi. Ibn Mu-sayyib aytdilar:

"Bu avvalgi uch zot (Rasululloh (s.a.v.), Abu Bakr, Umar (r.a.)larning qabrlari ham birga

bo'ldi, Usmon (r.a.)ning qabrlari esa, ulardan alohida bo'ldi".

1185. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasu-lulloh (s.a.v.) kunning qaysidir

vaqtida uylaridan chiqdilar. Na ul zot menga bir narsa dedilar, na men ul zotga bir narsa

demasdan Bani Qaynuqo' bozori-gacha keldik. Keyin Fotima (r.a.)ning hovlisida o'tirdilar.

Hasanni ko'zda tutib: "Kichkina, shu yerdami-san, shu yerdamisan, kichkina?" deb

chaqirdilar. Foti-ma (r.a.) bolasini bir oz ushlab qoldi. So'ng bolakay chopib keldi.

Rasululloh (s.a.v.) uni quchib o'pdilar, so'ng: "Allohim, Sen bu bolani ham, buni

sevganni ham sevgin", - dedilar".

Kelajak balolar, deyish bilan Rasuli akram (s.a.v.) hz. Us-mon (r.a.)ning xorijiylar

tomonidan qatl etllishlarini ba-shorat qilganlar, vallohu a'lam.

www.ziyouz.com kutubxonasi 179

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!