19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

yosh bola edim, (shu yerda) o'tirdim. (Hz. Umar (r.a.) odatda) bir kishini biror ish bilan

jo'natsalar, (natijasini) aytib qo'yishni buyurardilar. (Hozir) u kishini o'rab olishibdi.

Ubay ibn Ka'b (r.a.) kelib dedi: "Xudo haqi, mo'minlar amiri agar Allohdan duo qilib

so'rasa, Alloh taolo uni qutqaradi va ummatning boshiga yana qayta keltirib qo'yadi.

Hatto, ushbu ummat bilan bog'liq shunday-shunday ishlarni qilardi". So'ngra Ubay ibn

Ka'b (r.a.) mu-nofiqlarning ism va kunyalarini birma-bir sanadi. Men: "Aytganlaringni

hz. Umarga yetkazaymi?" - deb so'radim. "Yetkazishingni xohlaganim uchungi-na

bularni aytayapman", dedi Ubay ibn Ka'b (r.a.). Men undan ruhlanib, o'rnimdan turdim,

odamlardan hatlab o'tib, hz. Umar (r.a.) boshlari yoniga o'tir-. dim. "Siz meni shu-shu

narsa(larni bilish uchun) yuborgandingiz, siz bilan shuncha (13 ta) odam yara-langan,

qotil hovuzcha yonida tahorat olayotgan Kulaybni ham yaralabdi, Ubay ibn Ka'b Allohga

qasam ichib shunday-shunday dedi", dedim. Hz. Umar (r.a.): "Ubay ibn Ka'bni

chaqiring", dedi. Chaqirildi. (Ubay ibn Ka'b yetib kelganda hz. Umar undan): "Nima

deyapsan?" - deb so'radilar. Ka'b: "Shunday-shunday, deb aytayapman", dedi. Hz.

Umar: "Yo'q, Alloh-ga qasamki, duo qilmayman! Ammo Alloh Umarni kechirmasa, u

badbaxt bo'lib qoladi", dedilar".

1177. Sha'biy aytdilar: "Bir kishi Abdulloh ibn Umar (r.a.)ning oldilariga keldi, kelayotib

oldidagi qavm ustidan hatlab o'tayotgan edi, to'xtatib qolishdi. Abdulloh ibn Umar (r.a.):

"U odamni o'z holiga qo'yinglar", dedilar. U odam kelib oldilarida o'tirgach, "Rasululloh

(s.a.v.)dan eshitgan narsangni menga ham bildir", dedilar, U: "Rasululloh (s.a.v.)ning

shunday deyayotganlarini eshitdim; "Haqiqiy musulmon boshqa musulmonlar uning

tilidan va qo'lidan salomat bo'lgan odamdir. Muhojir esa, Alloh taolo qaytargan

narsalardan uzoq bo'lgan kishidir", dedi"'.

542-bob. Odamlarning yaxshisi do'stining yonida o'tiradi

1178. Abdulloh ibn Abbos (r.a.) dedilar: "Menim-cha, odamlarning eng yaxshisi yonimda

o'tirganidir".

1179. "Nazarimda, odamlarning eng yaxshisi yonim-da o'tirish uchun odamlar orasidan

asta-sekin odim-lab kelganidir", dedilar yana Abdullohibn Abbos (r.a).

543-bob. Kishi qo'shnisi tarafga oyog'ini uzatib o'tirishi haqida

1180. Kasir ibn Murra aytdilar: "Masjidga juma kuni kirdim. Avf ibn Molik Ashja'iyni

halqada o'ti-rib, oyog'ini oldiga uzatib olganini ko'rdim. U meni ko'rib, oyoqparini

yig'ishtirdi, so'ng: "Nima uchun oyog'im-ni uzatib o'tirganimni bildingizmi? Solih kishi

(ya'ni, siz) kelib o'tirishi uchun", dedi.

544-bob. Kishining jamoat ichida turib tuflashi haqida

1181. Hari ibn Amr Sulamiy (r.a.) aytdilar: "Men Rasululloh (s.a.v.) Minoda yoki

Arafotda ekan-liklarida oldilariga bordim. Odamlar atroflarini o'rab olishgan edi.

A'robiylar kelishdi. Ul zotning muborak yuzlarini ko'riboq: ""Bu muborak chehradir",

deyishdi. Men: "Ey, Allohning Rasuli, mening guno-himni Alloh taolodan so'rab bering",

dedim. Rasulul-loh (s.a.v.): "Allohim, bizni avf et", dedilar. Men aylanib kelib: "Men

uchun Alloh taolodan mag'firat so'rang", dedim. Rasululloh (s.a.v.): "Allohim, bizni

kechir!" - dedilar. Men yana aylanib kelib: "Mening uchun istig'for so'rang", dedim. Ul

www.ziyouz.com kutubxonasi 178

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!