19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

Rasululloh (s.a.v.)ning "Joylarning yaxshisi ularning kengrog'idir", degan-larini

eshitganman", dedi va jamoatning chekkaro-g'iga borib o'tirdi.

535-bob. Qiblaga yuzlanish haqida

1170. Suf'yon ibn Munqizning otalari aytdilar: "Abdulloh ibn Umar (r.a.) qiblaga yuzlanib

ko'p o'ti-rar edilar. Yazid ibn Abdulloh Ibn Qusayt (r.a.) quyosh chiqqandan keyin sajda

(oyati)ni o'qidi va sajda qildi. (Boshqalar ham) sajda qildilar, Abdulloh ibn Umar (r.a.)

sajda qilmadi. Quyosh chiqib bo'lgach, Abdulloh (r.a.) (oyoqlarini) yozib, so'ng sajda

qildilar. "Do'stlaringiz sajda qilganlarini ko'rmadingizmi?" - deb so'rashgan edi, "Ular

namoz vaqtidan boshqa mahalda sajda qilishdi", deb javob berdilar.

536-bob. O'rindan turib ketib, yana qaytib kelish haqida

1171. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasu-lulloh (s.a.v.) dedilar: "Sizlardan

biringiz o'rni-. dan turib ketsa, so'ng yana u yerga qaytib kelsa, u (o'sha o'rin)ga

haqliroqdir".

537-bob. Yo'l yoqasida o'tirish haqida

1172. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Biz yosh bolalik paytimizda Rasululloh (s.a.v.)

oldimizga kelib salom berdilar va meni bir ish bilan jo'nat-dilar. (O'zlari) mening

qaytishimni kutib yo'l bo'iida o'tirdilar. (Yo'lda) meni Ummu Sulaym (r.a.) to'xtatib:

"Nega kech qolding?" - deb so'radi. Men: "Rasululloh meni bir ish bilan jo'natdilar",

dedim. "Nima ekan (u ish)?" - dedi u. "Bu sir", dedim. Ummu Sulaym (r.a.): "Rasululloh

(s.a.v.)ning sirlarini sauga", dedi".

538-bob. Kengayib o'tirish haqida

1173. Abdulloh ibn Umar (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Sizlardan hech kim birovni

o'rnidan turgazib yubormasin, balki kengayshib o'shringlar", dedylar".

539-bob. Oxirida o'tirish haqida

1174. Jobir ibn Samura (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.)ning oldilariga borsak, birimiz

eng oxirida o'tirar edik".

540-bob. Ikki kishining o'rtasini yorib o'tmaslik haqida

1175. Abdulloh ibn Amr (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Bir kishi ikki odamning

orasini ularning iznisiz yorib o'tishi halol emas", dedilar".

541-bob. O’tirganlarning ustidan hatlab o'tish haqida

1176. Abdulloh ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Hz. Umar (r.a.)ning orqasidan (xanjar)

sanchilgan paytda men u qotilni tutganlar orasida edim, uni hovliga olib chiqdik. Hz.

Umar (r.a.) menga: "Ey, birodarimning o'g'li, borib meni kim yaralagani-ni, mendan

boshqa yana kimni yaralaganini bilib kel", dedilar. Men ketdim, (u haqda) xabar berish

uchun kelsam, uy (odamlar bilan) liq to'la ekan. Odamlar ustidan hatlab o'tgim kelmadi

www.ziyouz.com kutubxonasi 177

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!