19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

hamdi bilan tong ottirdi-lar", deb javob berdilar. Abbos bin Abdulmuttalib (r.a.) hz. Ali

(k.v.)ning qo'llaridan ushlab: "Sening fikring qanday? Xudo haqqi, sen uch kundan keyin

birovlarni hukming ostiga olasan! (Rasululloh (s.a.v.)-ning vafotlaridan keyin xalifalikni

qo'lga olasan). Fikrimcha, Rasululloh (s.a.v.) shu kasalliklari bilan vafot etadilar, chunki

men Abdulmuttalib av-lodining o'lim oldi (arafasidagi) yuz ifodasini yaxshi bilaman, Biz

bilan Rasululloh (s.a.v.) huzurla-riga yur, xalifalikni kimga qoldirishlarini o'zla-ridan

so'raymiz", dedilar. Shunda hz. Ali (k.v.): "Al-lohga qasamki, biz buni Rasululloh

(s.a.v.)dan so'rasagu ul zot bizni undan man' qilsalar, odamlar key-in xalifalikni bizga

bermaydilar. Xudo haqqi, men buni Rasululloh (s.a.v.)dan so'ramayman!" - dedilar

qatiylik bilan".

532-bob. "Qalaysiz", deyish haqida

1165. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Umar bin Xattob (r.a.)ga bir kishi salom berdi, u

kishi alik oldilar, so'ng: "Qalaysan?" - deb so'radilar. U odam: "Xudoga shukr", deb

javob berdi. "Men sendan shuni (aytishingni) xohlagandim" dedilar hz. Umar (r.a.)".

533-bob. "Qanday tong ottirding", degangda nima deb javob berish haqida

1166. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.)ga "Qanday tong ottirdingiz?"

- dey-ishdi. Ul zot: "Janozaga ishtirok etmagan va biron xastani borib ziyorat qilmagan

odamlardan xayrliroq tong ottirdim", dedilar".

1167. Sharik aytdilar: "Men hazramiylarning ulug'laridan bo'lgan, Rasululloh (s.a.v.)

saxrbiylaridan birining oldida o'tirgan edim. Unga: "Qanday tong ottirdingiz?" - deyishsa,

u: "Allohga shirk keltirmaymiz" - deb javob berardi".

1168. Sayf ibn Vahb aytdilar: "Abu Tufayl mendan: "Necha yoshga kirding?" - deb

so'radilar. Men: "33 yoshga", deb javob berdim. Abu Tufayl: "Senga Huzayfa ibn Yamon

(r.a.)dan eshitgan hadisni aytib beraymi? Xasafa jangchilaridan Amr ibn Sulay' degan bir

kishi bo'lib, uning o'z to'dasi bor edi. O'sha paytda men sening yoshingda edim. Biz

Huzayfa (r.a.)ning oldiga - masjidga keldik, men qavmning oxiriga borib o'tir-dim. Amr

to'g'ri borib Huzayfaning oddida turib: "Qanday tong ottirding?" (yoki "Kunni qanday

o'tkazding?"), ey, Abdulloh?" - dedi. U: "Xudoga shukr", dedi. Amr: "Sendan bizga yetib

kelgan qanday hadislar ekan, (ey, Huzayfa)?" - deb so'radi. Huzayfa: "Mendan nima

yetib kelibdi, ey, Amr?" - dedi. "Men eshitmagan hadis-lar", dedi Amr. Huzayfa (r.a.):

"Xudo haqqi, agar men eshitgan hadislarimni sizga aytadigan bo'lsam, mana shu

kechaning bir qismigacha kutardingiz. Lekin, ey, Amr ibn Sulay', agar Qaysning Shomni

egallashini ko'rsang, alhazar, alhazar! Allohga qasamki, u Allohning mo'min bandalarini

faqat qo'rqitadi yoki o'ldiradi. Xudo haqi, ularga shunday zamonlar keladiki, u paytda

katta gunohdan ham qaytarilmaydilar". Amr: "Alloh seni rahmatiga olsin, qavmingga

nima qilding?" - dedi. U: "Bu mening ishim", dedi".

534-bob. Joylarning yaxshisi kengrog'i ekanligi haqida

1169. Abdurrahmon ibn Abu Umra Ansoriy aytdi-lar: "Abu Said Xudriy (r.a.)ni janozaga

chaqirishdi. U odamlar o'z o'rinlarini egallab bo'lgach, keldi. Qavm uni ko'rib qimirlab,

shoshib, (unga joy berish uchun) harakat qila boshladilar. Ulardan ba'zilari o'zining

o'rniga o'tqazmoqchi ham bo'ldi. (Biroq) Abu Said (r.a.): "Yo'q, (qimirlamang), men

www.ziyouz.com kutubxonasi 176

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!