19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

rahmatullohi va barakatuhu", deb alik oddilar. Xizmatkor u kishiga: "Bu odam

nasroniydir", dedi. Uqba turib haligi kishiga yetib oldilar va: "Allohning rahmati va

barokati mo'minlargadir. Lekin Alloh sening umringni uzun qilsin, farzand va moldunyoingni

ziyoda qilsin", dedilar.

1146. Ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Agar menga Fir'-avn "Barakalloh fika" deganida men

"Va fika" der edim. (Lekin) Fir'avn o'lib ketgan".

"Barakalloh fika" - Alloh senga baraka bersin, "va fika" - senga ham.

1147-hadis 425-bobdagi 966-hadisning aynan takroridir.

522-bob. Tanimay nasroniyga salom berish haqida

1148. Abdurrahmon aytdilar: "Ibn Umar (r.a.) bir nasroniyning yonidan o'tib, unga

salom berdilar. U alik oldi. Ibn Umar (r.a.)ga bu odamning nasroniyligi aytilgach, uning

yoniga qaytib borib: "Salomimni qaytar", dedilar".

523-bobdagi 1149-hadis 475-bobdagi 1068-hadisning aynan takroridir.

524-bob. Maktubning javobi haqida

1150. Ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Men maktubning javobi xuddi salomning javobi kabi

haq, deb o'ylayman".

525-bob. Ayollarga maktub yozish va ularning javoblari haqida

1151. Oyisha binti Talha (r.a.) aytdilar: "Hz. Oyisha (r.a.)ning oldilariga turli

shaharlardan kelishar, keksalar vaqti-vaqti bilan kelib ziyorat qilib ketishardi. Yoshlar

esa menga do'stona munosabatda bo'lishar, menga ergashar edilar va menga turli

shaharlardan maktub yozishardi. Men hz. Oyisha (r.a.)ga: "Ey, xola, bu falonchining

maktubi va hadyasi", derdim. Shunda hz. Oyisha r.a.): "Qizim, unga javob yoz va hadya

yubor. Agar sening (berishga) hadyang bo'lmasa, men senga berayin", derdilar va

berardilar.

526-bob. Maktubning boshi qanday yozilishi haqida

1152. Abdulloh ibn Umar (r.a.) Abdulmalik ibn Marvonga bay'at qil(ganlarini bildir)ib xat

yozdilar. Unda shunday yozgandilar: "Bismillohi-r-rahmo-ni-r-rahim. Amiru-l-mo'minin

Abdulmalik ibn Marvonga Abdulloh ibn Umardan. Senga salom bo'lsin. Men sening

nomingdan o'zidan o'zga hech qanday iloh bo'lmagan Allohga hamd aytaman, imkoning

boricha Alloh-ning va Rasulining ko'rsatmalarini tinglashingni va itoat etishingni ta'kidlab

o'taman".

527-bob. "Ammo ba'd" haqida

1153. Zayd ibn Aslam aytdshyur: "Otam mendan Ibn Umar (r.a.)ga maktub yo'lladilar.

Maktubni: "Bismil-lohi-r-rahmonir-rahim. Shundan so'ng...", deb yozayot-ganlarini

ko'rdim". tong ottirdilar?" - deb so'radilar. Hz. Ali (k.v.): "Ud zot pok Parvardigorning

www.ziyouz.com kutubxonasi 175

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!