19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

1130. Mujohid (r.a.) aytdilar: "Ibn Umar (r.a.) bozor uylari (do'konlari)da izn so'ramas

edilar".

1131. Ato (r.a.) dedilar: "Abdulloh ibn Umar (r.a.) gazlamafurushlarning do'konlari

soyasida dam olmoq uchun ulardan izn so'rardilar".

512-bob. Zimmiylardan izn qanday so'raladi

1132. Hz. Umar (r.a.)ning nabirasi Umarning qizi Ummu Miskinning ozod qilgan quli Abu

Abdulmalik aytdi: "Xonim meni Abu Hurayra (r.a.)ni chaqirib kelishga yubordi. Abu

Hurayra (r.a.) men bilan birga keldi. Ummu Miskinning eshigi oldida to'xtab: "Kirsam

maylimi?" - deb so'radi. Ummu Miskin ham: "Kiring", dedi va so'zini shunday davom

ettirdi: "Ey. Abu Hurayra! Mening huzurimga xufton paytida ziyopatchilar keladilar, men

ular suhbatlashsam bo'ladimi?" Abu Hurayra (r.a.): "Vitr namozini ado qilishdan oldin

suhbatlashsang bo'ladi, vitr namozidan keyin suhbat yo'q!" (Vitr namozidan keyin dunyo

ishlaridan suhbatlashmoq emas, uxlamoq kerak).

513-bob. Zimmiy xatida salom yo'llagan bo'lsa, unga javob qaytarish haqida

1133. Abu Usmon Nahdiy aytdilar: "Abu Muso (r.a.) bir qabila yo'lboshchisiga xat yozib,

unga salom yo'lladi. Unga: "Kofirga salom yo'llayapsizmi?" - deyishdi. "Uning o'zi menga

xat yozib, salom yo'llabdi, men ham salomiga javob qaytardim", dedilar".

514-bob. Zimmiylarga birinchi bo'lib salom bermaslik haqida

1134. Abu Basra G'iforiy (r.a.)dan rivoyat qilindi: Payg'ambar (s.a.v.) dedilar: "Men

ertaga yahudiylar oldiga boraman. Ularga birinchi bo'lib salom bermang, agar ular sizga

salom bersalar "Vaalaykum", deng".

1135-hadisda 1134-hadis boshtsacha so'zlar bilan ifoda etilgan xolos, roviy "Rasululloh

(s.a.v.)dan eshitdim", degan gapni qo'shgan.

1136. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilinishiga ko'ra, Rasululloh (s.a.v.) shunday deb

marhamat qildilar: "Yahudiy va nasorolarga birinchi bo'lib salom bermangiz va yo'lda

to'qnashib qolsangizlar, ularni chetdan yurishga majbur qilingiz".

515-bob. Zimmiylarga ishora bilan salom bergan kishi haqida

1137. Alqama (r.a.) aytdilar: "Abdulloh ibn Mas'ud yahudiy qabilasi boshliklariga ishora

bilan salom berardilar".

1138. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Bir yahudiy Rasululloh (s.a.v.) yonlaridan o'ta

turib: "Assomu alaykum" (ya'ni "sizlarga o'lim tilayman"), dedi. Sahobiylar: "Vaalaykum

assalom", deyishdi. Ul zot: "U "Assomu alaykum", dedi", dedilar. Keyin u yahudiy qo'lga

olinib, so'roq qilingach, o'zi ham (shunday dega-nini) e'tirof qildi. Ul zot: "U nima degan

bo'lsa siz ham unga o'shanday javob qaytaring", dedilar.

www.ziyouz.com kutubxonasi 173

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!