19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

1121 hadis mazmunida 488-bobdagi 1091 va 491-bobdagi 1095-hadislar takrorlangan.

1121. Anas ibn Molik r.a.)dan rivoyat qilindi: "Bir a'robiy Rasululloh (s, a, v, )ning

uylariga kelib, eshik tirqishidan mo'raladi. Ul zot bir o'q yoki uchli kaltakni olib

a'robiyning ko'zini o'yib olish uchun unga otdilar. U (eshikdan nari) ketdi. Ul zot: "Agar

(joyingda) turganingda ko'zingni o'iib olardim", dedilar.

1124. Ammor ibn Sa'd atTujibiy aytdilar: Umar ibn Xattob (r, a.): "Kimki (begona)

uyning teshigidan beijozat mo'ralasa, u fosiqdir", dedilar.

1125. Savbon (r.a.)dan rivoyat qilinishiga ko'ra, Rasululloh (s.a.v.) shunday deb

marhamat qilganlar: "Ruxsat berilmaguncha birovning uyiga qaramoq hech kimga halol

emas, agar qarasa, iznsiz kirgan hisoblanadi. O'z-o'zini ta'minlay olmagan odam

jamoatga imom bo'la olmaydi. Agar kimsaning tik turishga quvvati yetmasa. namozga

tik turmasin".

508-bob. Uyga salom berib kirishnig fazilati haqida

1126. Abu Umoma (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) dedilar: "Uchta (narsa borki, uni

qilganlarning) har biri Allohning himoyasidadir, tirikligida Alloh unga kifoya qiladi, o'lsa

jannatga kiradi: kimki uyiga salom berib kirsa, u Allohning himoyasidadir. Kimki

masjidga chiqsa, u ham Allohning himoyasidadir. Kimki Alloh yo'lida jihodga chiqsa, u

ham Allohning himoyasidadir".

1127. Jobir ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Agar uyingga, ahling huzuriga kirsang, ularga Alloh

huzuridan (kelgan) pokiza va muborak salom ber". Abu Zubayr (r.a.) aytdilar: Men

(Jobir (r.a.)ning) faqat Allohning ushbu so'ziga ishora qilayotganini sezdim: "Qachon

sizlarga biror salomlashish (iborasi) bilan salom berilsa, sizlar undan chiroyliroq qilib alik

olingiz yoki o'sha (ibora)ni qaytaringiz..." (4:86).

509-bob. Uyga kirishda Alloh zikr qilinmasa u yerda shayton in qurishi haqida

1128. Jobir (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: "Kishi uyiga kirishda va

ovqatlanishda Alloh azza va jallani zikr qilsa, shayton: "Sizlarga qo'noq (boshpana) ham,

kechki taom ham yo'q", deydi. Agar kishi uyiga kirishida Allohni eslamasa, shayton:

"Boshpanaga erishdingiz", deydi. Agar u ovqat payti Xudoni yodiga olmasa, shayton:

"Boshpanaga ham, kechlik taomga ham erishdingiz", deydi".

510-bob, Izn so'ralmaydigan joy haqida

1129-hadis. Ayyon Xavorazmiy (r.al.) aytdilar: "Biz Anas ibn Molik (r.a.)ning oldilariga

kelganimizda u kishi dahlizlarida o'tirgan edilar, yonlarida hech kim yo'q edi. Do'stim u

kishiga salom berib: "Kirsam maylimi?" - dedi. Anas (r.a.): "Kir, bu yer hech kim izn

so'ramaydigan joydir", dedilar. Oldimizga ovqat qo'ydilar, biz yedik. So'ng bir qadah

shirin nabiz olib keldilar, biz quyib berdik, ichdilar".

511-bob. Bozor do'konlarida izn so'ralmasligi haqida

www.ziyouz.com kutubxonasi 172

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!