19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

1115. Bani Omir qabilasidan bir kishi Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelib: "Kirsam

bo'ladimi?" - dedy. Rasuli akram (s.a.v.) joriyaga: "Kelgan odamga chiqib ayt,

"Aesalomu alaykum, kirsam maylimi?" - desin, chunki u chiroyli izn so'ramadi", dedilar.

U odam aytdi: "Men u zotning gaplarini joriya odtsimga chiqmasidan oldin eshitdim, (u

chiqqach): "Assalomu alaykum, kirsam maylimi?" - dedim. Ul zot; "Vaalaykum, kir"

dedilar. Men kirib (ul zotga): "Qanday narsa (din) keltirdingiz?" " deya so'radim. Ul zot:

"Faqat ezgulikdan olib keldim: hech qanday sherigi yo'q yolg'iz Allohga ibodat qilishingiz,

Lot va Uzzoga ibodat qilishingizni tashlashingiz uchun yuboridtsim. Bir kecha-kunduzda

besh mahal namoz o'qiysiz. Bir yilda bir oy ro'za tutasiz, ushbu bayt (Ka'ba)ni ziyorat

qilib haj qilasiz. Boylaringiz mollaridan kambag'allaringizga berasiz", dedilar. Men: "Siz

bilmaydigan biror ilm bormi?" - deb so'radim. Ul zot: "Alloh (barcha narsani) yaxshiroq

bilguvchidir. Faqat Allohga ma'lum ilmlar bor. Beshta narsa borki, uni Allohdan boshqa

hech kim bilmaydi: "Darhaqiqat, Allohning huzuridagina qiyomat (qachon bo'lishi

to'g'risida) bilim bordir. U (xohlaganicha) yomg'ir yog'dirar va bachadonlardagi narsa

(homila)ni bilur. Biror jon er-taga nima qilishini bilmas. Biror jon qaerda o'lishini ham

bilmas..." (31:34).

504-bob. Ijozat qanday so'ralishi haqida

1116. Ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Hz. Umar (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)ning huzurlariga

kirish uchun ijozat so'rab, dedilar: "Allohning Rasuliga salom bo'lsin, sizlarga salom

bo'lsin, Umar kiraversinmi?"

505-bob. "Kim bu?" deganda, "Men" deyish haqida

1117. Jobir (r.a.) aytdilar: "Men otam zimmalaridagi qarz bo'yicha Rasululloh

(s.a.v.)ning huzurlariga keldim, eshikni taqqilatdim. Ul zot: "Kim bu?" dedilar. "Men",

dedim. Ul zot go'yo buni yoqtirmaganday: "Men, men!" deb qo'ydilar".

118-hadis 350-bobdagi 805-hadisning aynan takrori.

506-bob. Izn so'raganga "Salom berib kiring", deyilsa

1119. Abdulloh ibn Jud'on aytdilar: "Abdulloh ibn Umar (r.a.) ahli baytlari huzuriga kirish

uchun izn so'radilar. "Salom bilan kiring", deyishdi. Ibn Umar (r.a.) ular huzuriga

kirmasdan qaytdilar".

Demak, oila a'zolarining huzuriga kirganda ham salom berib kirish kerak ekan. Abdulloh

ibn Umar (r.a.) qaytib kelib salom bergan holda izn so'rasalar kerak, vallohu a'lam

(m.m).

507-bob. Uylarga nazar solish haqida

1120-hadis 502-bobdagi 1113-hadisning takrori.

1120. Muslim ibn Nazir aytdilar: "Bir kishi Huzay-fa (r.a.)ning huzurlariga kirish uchun

izn so'rab, (ichkariga) alangladi va: "Kirsam maylimi?" - dedi. Huzayfa "O'zingdan ilgari

ko'zing kirib bo'ldi", dedilar.

www.ziyouz.com kutubxonasi 171

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!