19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

1108. Abu-l-Aloniya aytdilar: "Abu Said Xudriy (r.a.)ning huzurlariga borib salom

berdim, menga izn berilmadi. So'ng (yana) salom berdim, (yana) izn beril-madi. Keyin

uchinchi marta salom berdim, (bu safar) ovozimni balandlatdim va: "Assalomu alaykum,

ey, ushbu xonadon egalari", dedim, (biroq) yana javob bo'lmadi. (Keyin) bir chekkada

o'tirib turdim. Ichkaridan bir bola chiqib: "Kiring", dedi. Men uyga kirdim. Abu Said

Xudriy (r.a.) menga: "Agar yana qo'shimcha qilganingda, senga izn berilmasdi",

dedilar".

499-bob. Eshik oldida qanday turilishi haqida

1109. Payg'ambar (s.a.v.) sahobiylaridan Abdulloh ibn Busro (r.a.) aytdilar: "Rasululloh

(s.a.v!) agar (biror kishining) eshigiga borib kirishga izn so'ra-salar, eshikning

ro'parasida turib olmas edilar, balki izn berilishini kutib o'ng tomon yoki chap to-monda

turardilar, aks holda (ya'ni, izn berilmasa) ketardilar".

500-bob. Chaqirilgan uy egasi chiqquncha...

1110. Abdurrahmon ibn Muoviya ibn Huday otalaridan rivoyat qiddilar: "Men hz. Umar

ibn Xattob (r.a.) huzurlariga kelib, kirishga ijozat so'radim. "Chiqqunlaricha o'sha yerda

kutib turing", deyishdi. Men eshikka yaqinroq bir yerga o'tirdim. So'ng (hz. Umar (r.a.)

oldimga chiqdilar va (ichkaridan) tahoratga suv so'rab, tahorat oddilar. So'ng oyoqlariga

mash tortdilar. Men: "Ey, mo'minlar amiri! Bu bavldanmi?" - deb so'radim. Hz. Umar

(r.a.): "Bavldan yoki

boshqasidan", dedilar.

501-bob. Eshikni taqqilatish haqida

1111. Anas ibn Molik aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) ning eshiklarini tirnoq bilan taqqilatilar

edi".

502-bob. Ijozat so'ramay kirish haqida

1112 Safvon ibn Umayya (r.a.) Rasulullohga Fath kuni sut, tarra va hadyalar olib

keldilar. Rasuli akram (s.a.v.) vodiyning tepasida edilar. (Safvon (r.a.) aytdilar): "Men

salom ham bermadim, izn ham so'ramadim, shunda ul zot: "Qayt orqangga, "Assalomu

alaykum, kirsam maylimi?" - deb ayt!" - dedilar". O'shanda Safvon (r.a.)ning Islomni

qabul qilgan kezlari edi.

1113. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "(Birovnikiga) nazar

tashlashga izn yo'qdir", dedilar".

Fath kuni - Makka fath qilingan kun.

503-bob. "Kirsam bo'ladimi?" desa-yu, salom bermasa...

1114. Ato (r.a.) aytdilar: "Abu Hurayra (r.a.): "Agar birov: "Kiraveraymi?" - desa-yu,

salom bermasa: "Yo'q, kalit bilan kelmaguningcha (ruxsat berilmaydi) degin", dedilar",

Men: "(U) salommi?" - deb so'radim. "Ha", dedilar".

www.ziyouz.com kutubxonasi 170

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!