19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

496-bob. Qarashlik sababli izn so'rash haqida

1102. Sahl ibn Sa'd (r.a.) aytdilar: "Bir kishi Rasuli akram (s.a.v.) eshiklaridan

yashirincha qaradi. Rasulullohning qo'llarida boshlarini qashiydigan taroq bor edi. Ul zot:

"Sening menga qarab turganingni bilganimda mana shu (taroq)ni ko'zingga tiqib

olardim", dedilar".

1103. Rasululloh (s.a.v.): "Izn so'rashlik qarash sababli joriy qilindi", dedilar.

497-bob. Kishiga uning uyida salom berish haqida

1104. Abu Muso (r.a.) aytdilar: "Men hz. Umar (r.a.)ning huzurlariga kirish uchun uch

marta izn so'radim, izn berilmagach, orqamga qaytdim. Hz. Umar (r.a.) (ishlaridan forig'

bo'lgach, ) meni chaqirtirib keldilar va: "Ey, Abdulloh, eshigim tagida kutib turish senga

og'ir keldimi? Bilaman, odamlar shunaqa -eshigingning tagida kutib turishni

yoqtirishmaydi", dedilar. Men: "Yo'q, men sizdan uch marta izn so'radim, izn

berilmagach, orqamga qaytdim (biz shunga buyurilganmiz)", dedim. Hz. Umar (r.a.):

"Sen buni kimdan eshitgansan?" - deb so'radilar. "Rasululloh (s.a.v.) dan", deb javob

berdim. Hz. Umar (r.a.): "Payg'ambar (s.a.v.)dan biz eshitmagan narsani sen

eshitibsanda? Agar huzurimda ushbu so'zingga hujjat kel-tirmasang, boshqalarga.ibrat

bo'lishi uchun seni jazolayman", dedilar. Men u yerdan chiqib masjidda o'tirgan bir

guruh ansor sahobiylarning oldiga bordim va ulardan (o'sha hadis haqida) so'radim.

Ular: "Birov bunga shubha qilmoqdami?" - deyishdi. Men ularga hz. Umar (r.a.) nima

deganlarini aytdim. Ular: "Sen bilan kichigimiz Abu Said Xudriy (r.a.) bora-di", dedilar.

Men bilan Abu Said Xudriy (r.a.) (yoki Abu Mas'ud (r.a.) Umar (r.a.)ning huzurlariga

bordi. Abu Said (r.a.) dedi: "Biz Rasul-ulloh (s.alz.) bilan (yo'lga) chiqdik. Ul zot Sa'd ibn

Uboda (r.a.)nikiga bormoqchi edilar. Bordilar va salom berib, kirishga izn so'radilar,

javob bo'lmadi. So'ng ikkinchi marta salom berib izn so'radilar, yana javob bo'lmadi.

So'ng uchinchi marta izn so'radilar, yana javob yo'q. Shunda ul zot: "Biz zimmamizdagi

(vazifani) ado etdik", deb qaytdilar. Shu payt Sa'd (r.a.) (chiqib) ul zotga yetib oldi va:

"Ey, Allohning Rasuli, sizni haq bilan yuborgan Zotga qasamki, siz birinchi bor salom

berganingizdayoq eshitgandim, o'shanda alik olsam bo'lardi-yu, lekin menga va oilamga

ko'proq salom berishingizni xohladim", dedi". Abu Muso (r.a.) aytdilar: "Men, Allohga

qasamki, Rasululloh (s.a.v.)ning hadislari borasida faqat rost gapiraman".(Shunda Umar

(r.a.)): "Albatta, lekin men (har gapga) hujjat so'rashni, ehgiyotkorlikni yaxshi

ko'raman", dedilar".

498-bob. Uyga chaqirganlik izn berganlik alomatidir

1105. Abdulloh ibn Mas'ud (r.a.): "Bir kishi (birov tomonidan uyiga) chaqirilsa, unga

(o'sha uyga kirishga) izn berilgan bo'ladi", dedilar.

1106-hadis. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.) dedilar: "Biringiz

(bir joyga) chaqirilsa va u (o'sha yerga chaqirgani kelgan) chopar bilan birga kelsa, ana

shu unga berilgan izndir".

1107-hadis yuqoridagi hadisning aynan takrori.

www.ziyouz.com kutubxonasi 169

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!