19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

490-bob. Kimning oldiga kirishdan qat'i nazar izn so'rash haqida

1094. Jobir (r.a.) aytdilar: "Kishi farzandining, onasining, garchi u qari kampir bo'lsa

ham, aka-ukalarining, opa-singillarining va otasining huzur-lariga kirishda izn so'rashi

kerak".

491-bob. Opa-singillari oldiga izn so'rab kirish haqida

1095-hadis. Ato (r.a.) aytdilar: "Men Abdulloh ibn Abbos (r.a.)dan so'radim:

"Singillarimning oldiga ham izn so'rab kiramanmi?" "Ha", dedilar. So'ng yana qaytib

kelib: "Ikki singlim mening uyim-da yashaydi, men ularni ta'minlashni o'z zimmamga

olganman, ularning oldiga ham izn so'rab kiraman-mi?" - deb so'radim. Abdulloh ibn

Abbos: "Ha, nima, bo'lmasa ularni yalang'och ko'rishni xohlaysanmi?" - dedilar. So'ng

(ushbu oyatni) o'qidilar: "Ey, imon keltirganlar! Qo'l ostingizdagi (qul va cho'ri)la-ringiz

hamda balog'atga yetmagan (farzand)laringiz uch marta (huzuringizga kirishda)

sizlardan izn so'rasinlar - bomdod namozidan ilgari, peshin vaq-tida (issiqtsan)

kiyimlaringizni tashlagan vaqtingizda va xufton namozidan keyin, (bu) uch (vaqt)

sizlarning avratlaringiz (ochiq bo'lishi mumkin bo'lgan vaqtlar)dir..." (22:58). (Keyin)

Abdullohibn Abbos (r.a.): "Bular (ya'ni farzand, qul va cho'ri-lar) faqat mana shu

avratlari ochiq bo'lishi mumkin bo'lgan uch paytdagina izn so'rashga buyurildilar", deb

(ushbu oyatni) o'qidilar: "Qachonki, go'dak-laringiz balog'atga yetsa, bas ular ham xuddi

o'zlaridan oldingi (balog'agga yetgan)lar kabi izn so'rasinlar!.." (22:59). Abdullohibn

Abbos (r.a.): "Izn so'rash vojibdir", dedilar. Ibn Jurayj (r.a.) esa: "Har bir odamning

oldiga kirishda", deb qo'shimcha qilganlar,

492-bobdagi 1096-hadis yuqoridagi to'rtta hadisning mazmunan takroridir. "Kirish uchun

uch marta izn so'rash haqida" degan 493-bobdagi 1097-hadis mazmuni quyidagi 494-

bobning 1104-hadisda keladi.

494-bob. Salom bermay izn so'rash haqida

1098. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Kimki salom bermasdan kirishga izn

so'rasa, unga to salomdan boshlamaguncha izn berilmaydi", dedilar.

1099. Yana Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Agar biron kimsa biron uyga krish istagida

bo'lsa, "Assalomu alaykum", demaguncha kirmasin".

495-bob. Birovning uyiga iznsiz qaragan kishining ko'zini o'yib olish haqida

1100. Abu Hurayra (r.a) aytdilar: Rasululloh (s.a.v): "Biror kishi agar uyinga (so'roqsiz)

nazar tashlasa, ko'zini o'yib olaver, senga hech qanday gunoh bo'lmaydi", dedilar.

1101. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) namozda turgan edilar, bir kishi

uylariga (nazar) tashladi. Ul zot o'qdonlaridan bir o'qni olib, uning ko'zini nishonga

oddilar".

www.ziyouz.com kutubxonasi 168

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!