19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

dedilar. Namoz o'qib bo'lganimizdan keyin Abdulloh (r.a.) ahli oilalari oddiga qaytdilar.

Biz joyimizga borib, u kishining chiqishlarini kutib o'tirdik. Bir-birimizga "(Abdulloh

(r.a.)dan) kim so'raydi?" - dedik. Toriq: "Men so'rayman", deb so'ra-gandi, u kishi

Rasululloh (s.a.v.) shunday deganlarini aytdilar: "Qiyomatta yaqin salom xossatan

(faqat tanishlarga) beriladi, tijorat keng tarqaladi, hatto ayollar erlariga savdo-sotiqtsa

yordam qiladilar, qarindosh-urug'chilik rishtalari uziladi, ilm-fan keng yoyiladi, yolg'on

guvohlik berish hollari yuzaga chiqadi va haqqoniy guvohlik yashirin tutiladi".

1082-hadis 467-bobdagi 1045-hadisnshg aynan takrori.

482-bob. Hijob oyati qanday nozil bo'lgan

1083. Rasululloh (s.a.v.) Madinaga kelganlarida Anas (r.a.) 10 yoshlik o'smir edilar.

(Anas (r.a.) aytdilar): "Onalarim (ya'ni Rasululloh (s.a.v.)ning ayollari hamda o'z

onalari) meni Rasululloh (s.a.v.)ning xizmatlariga bergan edilar. Men 10 yil xizmatlarini

qiddim, vafot etganlarida 20 yashar yigit edim. Men hijob xususida hammadan ko'ra

yaxshiroq bilaman. Hijob oyati nozil bo'lishidan oldin Rasululloh (s.a.v.) Zaynab binti

Jahsh (r.a.)ni nikohyaariga oldilar. Shu munosabat bilan ziyofat berdilar. Odamlar

ziyofatdan so'ng tarqaldilar. Lekin bir necha kishi juda uzoq o'tirib qoldi. Rasululloh

(s.a.v.) o'rinlaridan turib tashqariga chikdilar, men ham ortlaridan chiqdim, Rasululloh

(s.a.v.) (aylanib) yurib, hz. Oyisha (r.a.)ning ostonasigacha keldilar. Men ham

(ortlaridan) yurdim. So'ng odamlar endi tarqalishgandir, degan o'i bilan qaytib bordilar.

Men ham qaytdim. Zaynabning hujralariga kirsak, odamlar hanuz shu yerda ekan. Rasuli

akram (s.a.v.) yana qaytib tashqariga chiqdilar, men ham chiqdim, hz. Oyisha (r.a.)ning

huj-ralari ostonasiga qadar yurib bordilar. So'ng endi ketishgandir, deb o'ylab qaytdilar,

birga qaytdim. (Kelsak, ) odamlar ketab bo'lishgan ekan. Keyin Rasululloh (s.a.v.) o'zlari

bilan mening o'rtamda parda to'sdilar (ya'ni xona eshigi ortidagi pardani tushirdilar).

Shundan keyin hijob oyati nozil bo'ldi".

'"Ahzob" surasining 55, 59, "Nur" surasining 31, 60-oyatlari hijobga taalluqlidir (m.m.).

483-bob. Uch mahram vaqt haqida

1084. Abu Molik Quraziy Abdulloh bin Suvayddan avrat (ochiq) bo'lishi mumkin bo'lgan

uch (vaqt) haqida so'radi. Abdulloh: "Men peshinda (issiqdan) kyyimlarimni

yechganimda, oldimga so'roqsiz balo-g'atga yetgan oila a'zolarimdan birortasi kirmaydi,

agar chaqirsam bu unga izn berganim bo'ladi. Tong otib, odamlar namoz o'qiyotgani

bilinmagunicha (ham oldimga hech kim kirmaydi). Xufton namozini o'qib bo'lib, uxlashga

yotib, kiyimlarshLni yechganimda ham hech kim kirmaydi", dedi.

484-bob. Kishi o'z ayoli bilan ovqatlanishi haqida

1085. Hz. Oyisha (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.) bilan xays yeb o'tirgandik. Shunda

Umar (r.a.) o'tib qoldilar. Rasululloh (s.a.v.) uni ovqatga chaqirdilar. Umar o'tirib, biz

bilan ovqatlandilar, ovqat paytvda uning qo'li barmog'imga tegab ketgandi, "Eyh! Agar

menga quloq osganlarida edi, sizlarni hech bir ko'z ko'rmas edi!" - dedilar, Shundan

so'ng hijob oyati nozil bo'ldi.

Hays - arablarning bir xil taomi; qurigan xurmoga yog' va pishloq qo'shib tayyorlanadi.

www.ziyouz.com kutubxonasi 166

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!