19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

477-bob. Salomga baxillik qilgan kishi haqida

1073. Abdulloh ibn Amr ibn Os (r.a.) aytdilar: "Haqiqiy yolg'onchi qasamiga yolg'on

qo'shgan odamdir, haqiqiy baxil esa, salomga baxillik qilgan kishidir. Namozdagi o'g'ri

(ya'ni uning arkonlarini o'rniga qo'yib bajarmay, shoshilib o'qiydigan odam) haqiqiy

o'g'ridir".

1074. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Salomini qizg'angan eng baxil odamdir. Eng ojiz kishi

esa, duoda ojizlik qilgan odamdir".

478-bob. Yosh bolalarga salom berish haqida

1075. Anas ibn Molik (r.a.) yosh bolalarning oldidan o'tar ekanlar, salom berdilar va:

"Rasululloh (sa.v.) shunday qilardilar", dedilar.

1076-hadis. Anbasa aytdilar: "Men Ibn Umar (r.a.)-ning yozuvchi-kotiblar orasidagi

bolalarga salom berayotganlarini ko'rdim".

479-bob. Ayollarning erkaklarga salom berishi haqida

1077-hadis. Ummu Honi (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.)ni1siga bordim. Ul zot g'usl

qilayotgan ekanlar. Men ul zotga salom berdim. Ul zot: "Kim bu?" - dedilar. "Ummu

Honi", dedim. Ul zot: "Xush kelibsiz", dedilar".

1078-hadis. Hasan Basriy (r.al.): "Ayollar erkaklarga salom berishar edi", deb xabar

berdilar.

480-bob. Ayollarga salom berish haqida

1079. Asmo' binti Yazid Ansoriy (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) yonimdan o'tab

qoldilar, men dugonalarim davrasqda o'tirgandim. Rasululloh (s.a.v.) bizga salom

berdilar va: "Valine'matingizga (ya'ni erin-gizga) noshukrlik qilishdan saqlaningiz!" -

dedilar. Men Rasululloh (s.a.v.)dan savol so'rashlikda dugona-larimdan ko'ra dadilroq

edim, Rasululloh (s.a.v.) dan: "Ey, Allohning Rasuli, valine'matiga noshukrlik qilish nima

degani?" - deb so'radim. Rasululloh (s.a.v.): "Ehtimolki, sizlardan biringiz ko'p vaqt otaonasi

bilan beva (holda) yashaydi. So'ng Alloh taolo unga bir er nasib qiladi, farzand

beradi. Endi u ayol (biror narsa sabab bo'lib eridan) achchiqlansa, noshukrlik bilan

(eriga): "Sizdan hech bir yaxshilik ko'rmadim", deydi", deya marhamat qildilar".

1080-hadis yuqoridagi hadisning aynan takrori

481-bob.Xossatan salom berishni yomon kurgan kishi haqida

1081. Toriq ibn Shihob (r.al.) aytdilar: "Biz Abdulloh ibn Umar (r.a.)ning huzurlarida

o'tirgan edik, namozga qomat aytilgani eshitildi. Abdulloh (r.a.) turdilar, biz ham u bilan

birga turdik, masjidga kirdik. U kishi masjid to'rida odamlarning ruku'da turganini

ko'rdilar va takbir aytdilar. Biz (etib) keldik va (Abdulloh (r.a.)) nima qilsalar, o'shani

qildik. Shu payt bir kishi chopib keldi-da: "Assalomu alaykum, ey, Abu Abdurrahmon",

dedi. U kishi (Abdulloh (r.a.)): "Alloh to'g'ri so'zladi va Rasuli (s.a.v.) ham yetkazdi",

www.ziyouz.com kutubxonasi 165

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!