19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

Toyyibu-l-mutoyyib - yoqimlilarning yoqimlisi yoki ko'ngil quvonchi.

475-bob. Salomga qanday javob berish kerakligi haqida

1064. Abdulloh ibn Amr (r.a.) aytdilar: Makka bilan Madina o'rtasidagi bir daraxt

soyasida Rasululloh (s.a.v.) huzrularida o'tirgandik, eng shaddod va qo'pol bir a'robiy

kelib: "Assalomu alaykum", dedi Ular: "Vaalaykum", deb javob berdilar.

1065. Abu Jamra aytdilar: "Ibn Abbosga salom berilsa, "Vaalayka, va rahmatulloh", deb

alik olardilar".

1066. Abu Abdulloh aytdilar: "Bir kishi (Rasulullohga): "Assalamu alayka, yo Rasulalloh",

dedi. Ul zot: "Vaalaykassalom va rahmatulloh", dedilar".

1067. Abu Zarr (r.a.) aytdilar: "Men Rasululloh (s.a.v.) namozlaridan forig' bo'lganlarida

oldilariga bordim. Ul zotga birinchi bor islomiy salomlashishga muvofiq salom berdim. Ul

zot: "Vaalayka va rahmatulloh, sen kimlardansan (ya'ni, qaysi qabila, urug'dansan)?" -

dedilar. "G'ifordan", deb javob berdim".

1068. Abu Salama (r.a.): "Hz. Oyisha (r.a.) dedilar: "Rasululloh: "Ey, Oyisha, Jabroil

(a.s.) senga salom aytayaptilar", dedilar. Oyisha: "Va alayhissalom va rahmatullohi va

barakotuhu, taro ma lo aro", dedilar. Oyisha (r.a.) bo' bilan Rasulullohni ko'zda

tutgandilar", deb xabar berdilar.

Ya'ni men ko'ra olmaydigan narsalarni siz ko'rasiz.

1069. Muoviya ibn Qurra (r.al.) aytdilar: "Otam menga: "Ey, o'g'lim, yoningda bir kishi

o'tayotib "Assalomu alaykum" desa, "Vaalayka" demaginki, bu bilan (salomingni) uning

o'zigagina xos qilib qo'yasan. Balki "Assalomu alaykum" degin", degandilar".

476-bob. Salomga alik olmagan kishi haqida

1070. Abdulloh ibn Somit (r.al.) Abu Zarr (r.a.)ga: "Abdurrahmon ibn Ummu Hakamning

yonidan o'tayotib, unga salom bergandim, hech narsa deb javob qaytarma-di", dedi.

(Abu Zarr (r.a.): "Ey, birodarimning o'g'li, nima bo'pti shunga? Buning hech zarari yo'q,

senga o'sha odamning o'ng yelkasidagi undan xayrliroq bo'lgan farishta javob

qaytargan", dedi.

1071. Zayd ibn Vahb Abdulloh (r.a.)dan rivoyat qilib naql qildi: "Muhaqqaq, salom

Allohning ismlaridan biridir. Allohuni Yer yuziga qo'ydi. Salomni orangazda yoyinglar.

Agar bir odam bir jamoatga uchrab, unga salom bersa, jamoat salomga alik olsa, o'sha

jamoat darajada yuksaladi. Zero, salom bergan odam o'sha jamoatga salomni eslatab

o'tadi. Agar jamoatga salom bergan odamning salomiga alik olinmasa, hech bokisi yo'q,

ulardan ko'ra pokroq malaklar unga alik oladilar".

1072. Hasan Basriy (r.al.) aytdilar: "Salom berish sunnat, alik olish esa, farzdir".

www.ziyouz.com kutubxonasi 164

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!