19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

1054. Abu Said aytdilar (r.a.): "Bir odam Bahrayndan kelib, Rasululloh (s.a.v.)

huzurlariga kirib salom berdi. Rasululloh (s.a.v.) uning salomiga javob bermadilar.

Chunki uning barmog'ida oltin uzuk va egnida ipakdan tikilgan bir guppi bor edi. U odam

xafa bo'lib uyiga qaytdi va xotiniga bo'lgan voqeani aytdi. Xotini: "Rasululloh (s.a.v.)

balki egningizdagi ipak guppi va barmo-g'ingizdagi oltin uzukni ko'rib salomingizga alik

olmagandirlar. Bularni yechib tashlab boring-chi, shoyal salomingizga alik olsalar", dedi.

Haligi odam xotinining aytganini qilib Rasululloh huzurlariga qaytib borib salom berdi,

Rasululloh (s.a.v.) uning salomiga alik oldilar. "Men bundan sal vaqt ilgari huzuringizga

kelib salom ber-sam alik olmagan edingiz?" - dedi haligi odam. "Bundan sal vaqg ilgari

kelganingda barmog'ingda otashdan bir parcha bor edi", deb javob berdilar Rasululloh

(s.a.v.). "U holda men otash parchalarini keltirib-man-da", dedi u odam

Bahrayndan olib kelgan ma'danlariga ishora qilaroq. "Olib kelgan narsalaring hech

kimsaning minnatsiz toshlaridir xolos. Va ular dunyo hayotining ashyolaridir (inson

hayotida ularga muhtojdir, ishlarida, tijoratqda uning foydasi bor, ammo ziynat uchun

ishlatilmas)", deb marhamat qildi-lar. "Qanday uzuk taqsam ma'qul?" - deb so'radi u

odam. "Yo kumushdan va yoki tunchdan1 uzuk taqsang bo'ladi yoxud temirdan bir xalqa

taq"2, dedilar Rasululloh (s.a.v.).

1 Tunch - bronza.

2 1053 va mazkur hadisdan ma'lum bo'ladiki, "temirdan uzuk taqmoq harom emas,

makruhdir

471-bob. Amirga salom berish haqida

1055. Umar ibn Abdulaziz (r.a.) Abu Bakr ibn Sulaymonga dedi: "Abu Bakr (r.a.):

"Rasululloh (s.a.v.)-ning xalifasi Abu Bakrdan", deb maktub bitardi. Umar ibn Xattob

(r.a.) esa: "Abu Bakr (r.a.)ning xalifasi Umar ibn Xattobdan", deb yozardi. "Amiru-lmo'minin"

iborasini birinchi bo'lib kim yoz(uvda qo'lla)gan?". Abu Bakr ibn Sulaymon

shunday javob" berdi: "Menga Shifo buvim g'apirib bergandilar. (Buvim dastlabki

muhojir ayollardan edilar, Umar bin Xattob (r.a.) har doim bozorga kirganlarida buvimning

oldilariga ham kirib o'tar ekanlar). Buvim ayt-dilar: "Umar ibn Xattob (r.a.)

iroqliklar hokimiga maktub yozib, ikkita pishiq, aslzoda odamni yuborish-ni, ulardan Iroq

va uning xalqi haqida so'rab bilmoqchi ekanini aytdi. Iroq hokimi xalifaga Labid ibn

Robi'a va Adiy ibn Xotamni yubordi. Ular Ma-dinaga keldilar. Tuyalarini masjid hovlisida

cho'ktirishdi. So'ng masjidga kirib Amr ibn Os (r.a.)ni ko'rishdi. Unga uchrab: "Ey, Amr,

mo'minlar amiri Umardan huzuriga kirishimiz uchun izn so'rab ber", deyishdi. Amr (r.a.)

sakrab turib Umar (r.a.) huzurlariga kirdi va: "Assalomu alaykum, mo'minlar amiri!"

dedi. Umar (r.a.) unga: "Ey, Ibn Os! Bu so'zni qaerdan odding? Haholda bu so'z besabab

paydo bo'lmagandir?" dedilar. Amr (r.a.): "Ha, Labid ibn Robi'a va Adiy bin Xotam kelib

menga "Mo'minlar amiridan kirishimiz uchun izn olib ber", deyishdi. Xudo haqi,

(xalifaga) juda to'g'ri ism topibsizlar, zero u amir, biz mo'minlarmiz!" - dedim". Shundan

keyin bu (unvon) ni yozish rasm bo'ldi".

1056. Ubaydulloh ibn Abdulloh aytdilar: Muoviya (r.a.) xalifa bo'lgach, birinchi bor hajga

keldi. Usmon ibn Xanif Ansoriy uning huzuriga kirib: "Allohning sizga salomi va rahmati

bo'lsin, ey, amir!" - dedi. Shunda shomliklardan biri bundan jahli chiqib: "Amiru-lmo'mininga

salomni qisqartirgan bu munofiq kim?" - dedi. Usmon tiz cho'kib: "Ey,

mo'minlar amiri, bu odamlar siz ulardan yaxshiroq biladigan ish xususida meni

ayblamoqdalar. Allohga qasamki, men Abu Bakr, Umar va Usmon (r.a.)larga ham xuddi

www.ziyouz.com kutubxonasi 162

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!