19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

lardan tiyish), yo'lovchilarga (agar adashib qolgan bo'lsa) yo'l ko'rsatish, aksa urib

"alhamdulillah" degan kishiga "yarhamukalloh" deyish va salomga alik olishdir", deb

javob berdilar".

1047. Abu Hurayra: "Salomga baxillik qijan kishi eng baxil kishidir. Unga alik olmagan

kishi esa, kamsi-tilgan bo'ladi. Agar (yo'dda birga ketayotgan) birodaring bilan sening

o'rtangda daraxt chiqib qolsa, undan oddin salomni sen boshlay olsang, shunday qilgin",

dedilar.

1048. Abdulloh ibn Amr (r.a.)ning mavlosi (ozod etgan quli) Solim aytdilar: "Ibn Amrga

salom berilsa, ziyodasi bilan alik olib javob kzytarardilar. Men oldila-riga kelib :

"Assalomu alaykum", degandim, Ibn Amr: "Assalomu alaykum va rahmatulloh", deb

javob berdilar. Ozginadan keyin yana kelib: "Assalomu alaykum va rahma-tulloh",

dedim. U kishi: "Assalomu alaykum va rahmatul-lohi va barakotuh", dedilar. Yana

oldilariga kelib: "Assa-lomu alaykum va rahmatullohi va barakotuh", degandim, Ibn

Amr: "Assalomu alaykum va rahmatullohi va barako-tuhu va tiyba salovotuhu", deb

javob berdilar".

469-bob. Fosiqlarga salom bermaslik haqida

1049. Abdulloh ibn Amr ibn Os (r.a.): "May ichuvchilarga salom bermangiz", dedilar.

1050. Hasan Basriy (r.al.) aytdilar: "Sen bilan fosiq o'rtasida hech qanday hurmat

yo'qdir".

1051. Abu Zurayq Ali ibn Abdullohning1 shahmatni yomon ko'rganlari va shunday

deganlarini rivoyat qildilar: "Shahmat o'ynayotganlarga salom bermangiz, chunki

shahmat qimordir". Shaxmat aqlni charxlash sifatiga ega ekanligini e'tiborga olib, hech

bir shartsiz o'ynash ba'zi sahobiylar va Imom Shofi'iy nazdida joizdir. Hanafiy, Molikiy va

Hanbaliy mazhablariga ko'ra haromdir.

Garov tikib o'ynash esa, shubhasiz, haromdir.

470-bob. G'iybatchi va gunohkorlarga salom bermagan kishi haqida

1052. Hz. Alj (k.v.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) bir qavmning odtsidan o'tdilar.

Oralarida badbo'y atr surgan bir odam bor edi. Rasululloh (s.a.v.) ularga salom berib,

haligi kishidan yuzlarini o'gardilar. U odam: "Mendan nimaga yuz o'gardingiz?" - deb

so'ragan edi, : "Sening ko'zlaring orasida otashdan bir parcha bor", dedilar".

1053. Abdulloh ibn Amr (r.a.) otasi orqali bobosidan rivoyat qildi: "Rasululloh

(s.a.v.)ning oldila-riga bir kishi keldi, qo'liga oltin uzuk taqqandi. Rasululloh (s.a.v.)

undan yuz o'girdilar, Ul zotning yoqtirmaganliklarini ko'rgan u kishi chiqib ketib, uzugani

otib yubordi va o'rniga temir uzuk taqdi. Keyin Rasululloh (s.a.v.)ning huzurlariga keldi.

Rasululloh (s.a.v.) shunda unga: "Bu ham yomon, bu jahannam ziy-natidir", dedilar. U

odam qaytib ketib, uni ham otib yubordi va kumush uzuk taqdi. Rasululloh (s.a.v.) uning

bu ishiga e'tiroz bildirmadilar".

www.ziyouz.com kutubxonasi 161

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!