19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

bo'ladi. Lekin salom-alikka imkoniyati bo'la turib ishora bilan salom-lapshshdan

qaytarilgan. Namozda bo'lish, oradagi masofaning uzoq-ligi kabi holatlar bundan

mustasno. Shuningdek qulog'i og'irlar-ga ham ishora bilan salom beriladi.

Demak, Tufaylning qorni chiqqan ekan, vallohu a'lam.

463-bob. Yig'inga kelganda salom berish haqida

1038. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.): "Sizlardan biringiz biror yig'inga

kelsa, salom bersin, qaytar chog'i ham salom bersin, zero keyingisi avvalgisidan ko'ra

(savobga) haqliroq emas", deya marhamat qildilar.

1039-hadis 1038-hadisning, 464-bobdagi 1040-hadis 1038-hadisning aynan takroridir.

465-bob. Turganda salom berish kishining haqidir

1041. Muoviya ibn Kurra aytdilar: "Otam menga: "Ey, o'g'lim, biror bir yig'inda

bo'lganingda uning yaxshiligidan umid qilsang va hojatint tezda ravo bo'lishini istasang,

"Assalomu alaykum" degin. (Bu bylan) sen o'sha yig'indagilar dardiga sherik bo'lasan.

Qaysi bir qavm to'planib, Allohni eslamay tarqasa-lar, xuddiki o'limtik eshak atrofidan

tarqalgan bo'la-dilar", degan edilar".

1042. Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: "Kim birodarini uchratib qolsa, unga salom bersin,

ular o'rtasini (ketayotganlarida) daraxt yoki bir to'siq ajrada, uchrashganlaridan keyin

ham salom bersin".

1043. Anas ibn Molik ashdilar: "Rasuli akram (sav.)ning sahobiylari to'planishganida ular

o'rtalarida bir daraxg chiqib qolsa, bir toifa daraxtning o'ng tomoni-dan, boshqasi chap

tomonidan aylanib o'tishar, yana uch-rashganlarida bir-birlariga salom berishar edi".

466-bob. Ko'rishish uchun qo'liga xushbo'y narsa surish haqida

1044. Sobit Bunoniydan rivoyat qilindi: "Anas (r.a.) tongda turib birodarlari bilan

ko'rishishlari uchun qo'llariga xushbo'y narsalar surar ekanlar".

467-bob. Tanish va notanishlarga salom berish haqida

1045. Abdulloh ibn Amr (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Bir kiish: "Ey, Allohning Rasuli, keysi

Islom yaxshidir?" ~ dedi. Ul zot: "(Muhgojlarga) taom berishing, tanigan va

tanimaganinga salom berishingdir", dedilar".

Qaysi Islom yaxshidir - Islomdagi qaysi amal yaxshi, demoqchi (t.).

468-bob. Yo'l odobi

1046. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.) ko'cha bo'yida va baland

joyda (ya'ni ko'cha ko'rinib turadigan yerda) o'tirishdan qaytardi-lar. Shunda

musulmonlar: "Biz bunga chiday olmaymiz, toqatimiz yetmaydi", dedilar. Ul zot:

"Modomiki, chiday olmas ekansiz, unda ko'chaning haqini berib o'tiring", dedilar. Ular:

"Ko'chaning haqi nima?" - deb so'rashdi. "Ko'zni yerga qaratish (ya'ni ko'zni nomahram-

www.ziyouz.com kutubxonasi 160

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!