19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

jannatga kirishi albatta muqarrardir", dedilar. Shunda bir kishi: "Yo Rasululloh! Uning

qizi ikkita bo’lsachi?" - deb so’radi. Rasululloh: "Ikkita bo’lsa ham", dedilar".

42-bob. Qizini va hamshirasini boqqan kishining fazilati

79. Abu Said Xudriy (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)ning shunday deb marhamat qilganlarini

xabar qildi: "Uch qizini yoki uch hamshirasini tarbiya qilgan kishi shubhasiz jannatga

kiradi".

43-bob. Qaytib kelgan qizni tarbiya qilgan kishining fazilati haqida

80. Rasululloh (s.a.v.) Suroqa Ju'shum (r.a.)dan: "Senga sadaqa-ehsonlarning eng

kattasini aytib beraymi?" - deb so’radilar. Suroqa: "Yo Rasululloh, aytib bering!" -

dedilar. Rasululloh (s.a.v.): "Eridan chiqib senikiga qaytib kelgan va sendan bo’lak

qarovchisi bo’lmagan qizingga qiladigan xayru ehsoning ehsonlarning eng kattasidir",

dedilar.

81-hadis 80-hadisning takrori, faqat u Muso ibn Suroqa (r.a.)dan rivoyat qilingan.

82. Miqdom ibn Ma'di Karib (r.a.)dan rivoyat qilindi. U kishi Rasululloh (s.a.v.)dan:

"O’zing yeganing, bolalaringga, xotiningga va xizmatchilaringga yedirganlaring hammasi

sening qilgan sadaqang, xayr-ehsoning hisoblanadi", degan so’zlarini eshitdilar.

44-bob. Qizining o’limini orzu qilishning makruhligi haqida

83. Abdulloh ibn Umar (r.a.)dan rivoyat qilindi: bir nechta qizi bo’lgan bir kishi Abdulloh

(r.a.) huzurlarida bo’lgan vaqtida ularining o’lishini orzu qildi. Shunda Abdulloh u kishiga

qattiq g’azab bilan: "Qizlarning rizq-ro’zini sen o’zingning rizqingdan berasanmi?" - deb

koyigan edilar.

45-bob. Bolalar ota-onaning baxil va qo’rqoq bo’lishlariga sababchidirlar

Ya'ni ota-ona "Bolalarimga bo’la qolsin", deb faqir va miskinlarga sadaqa bermay

ziqnalik qiladi, Hatto tilanchining qo’lini qaytaradi va ularni tarbiya qilish bilan mashg’ul

bo’lib, safarlarga chiqishdan (bu o’rinda Hijrat) qo’rqadi. Qaysi masalada bo’lsin, bolalari

ko’z oldiga kelib, bir ish qilmoqqa jur'at qilolmaydi.

84. Hz. Oyisha (r.a.) aytdilar: "Otam Abu Bakr Siddiq (r.a.) bir kuni "Men Alloh taolo

nomi bilan qasamyod qilib aytamanki, yer yuzida Umar ibn Xattobdan ko’ra menga

suyumliroq kishi yo’q", dedilar. Keyin eshikka chiqib keldilarda, menga qarab: "Qizim

Oyisha! Men qanday qasamyod qildim?" - deb so’radilar. Men qasam iboralarining aynan

o’zini qaytarib aytganimda, otam: "Yo’q, suyumliroq emas, azizroq, deyish kerak", deb

avvalgi so’zlariga o’zgartirish kiritdilarda, "Bolalar yurakka yaqinroqdir", degan jumlani

ham qo’shdilar".

85.Ibn Abi Na'im (r.a.) aytdilar: "Bir kishi Abdulloh ibn Umar (r.a.) oldiga kelib,

chibinning qoni to’g’risida savol qilayotganida men ham bor edim. Shunda Abdulloh ibn

Umar unga qarab: "Sen qaerliksan?" - deb so’radilar. U kishi: "Men Iroq ahlidanman",

degan edi, Abdulloh: "Bu kishini ko’ringlar! Ular (iroqliklar) o’zlari payg’ambari xudoning

www.ziyouz.com kutubxonasi 16

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!