19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

459-bob. Salomning oxiri haqida

Ya'ni salomni qanday so'z bilan tugallanishi haqida. Muhammad ibn Ato (r.a.) aytdilar:

"Abdulloh ibn Abbos (r.a.) huzurlarida o'tirgandim. Bir yamanlik kishi kelib: "Assalomu

alaykum va rah-matullohi va barokatuhu", dedi va yana bir narsalarni qo'shib qo'ydi.

Shunda Ibn Abbos (r.a.): "Salom - barakot tilash ("va baroka-tuhu" so'zi) bilan

tutallanadi", dedilar.

1032. Ibn Zannod aytdilar: "Xorija (Ibn Zayd ibn Sobit) (r.a.) Zayd ibn Aslamning

maktubigi shunday deb (javob) yozgan edi: "Assalomu alayka, ey, mo'min-lar amiri, va

rahmatullohi va barakatuh va mag'firo-tuhu va toyyibi salaYootuhu".

460-bob. Ishora bilan salom berish haqida

1033-hadis. Abu Qurra Xurosoniy aytdilar: "Men Anas (r.a.)ni bizning oldimizga

kelayotganlarini ko'rdim, bizga qo'llari bilan ishora qilib salom berdilar, Hasanni ko'rdim,

sariqqa belanib olgan, boshida qora salla bor edi". Asmo' (r.a.): "Payg'ambar(s.a.v.)

ayollarga qo'llariny silkib salom berardi-lar", deb xabar berdilar .

1034. Muso ibn Sa'dning otasi Sa'ddan rivoyat qilindi: "Abdulloh ibn Umar (r.a.) va

Qosim ibn Muhammad (r.a.)lar yo'lga chiqdilar. Ikkisi loydan qurilgan bir kulbaga

joylashdilar. Abdulloh ibn Zubayr (r.a.) o'tib qolib, ularga qo'li bilan ishora qilib salom

berdi va alik oddi".

1035-hadis. Ato ibn Abu Raboh (r.al.) aytdilar: "Sahobiylar qo'l bilan salomlashishni

yoqtirmas edilar".

461-bob. Salomni eshittirib aytish haqida

1036. Sobit ibn Ubayd aytdilar: "Abdulloh ibn Umar (r.a.) o'tirgan yig'inga bordim. Ibn

Umar (r.a.): "Salom bersangiz eshittirib bering, zero u Alloh huzuridagi go'zal, muborak

tahiyyotdir", dedilar".

462-bob. Salom berish va alik olish uchun chiqqan odam haqida

1037. Tufayl ibn Ubay ibn Ka'bdan rivoyat qilin-di: u Abdulloh ibn Umar (r.a.) bilan

ertalab bozorga birga borishar edi. Tufayl aytdi: "Abdulloh ibn Umar(r.a.) sotuvchimi,

xaridormi, miskinmi yo boshqami, kimning oldidan o'tmasin, unga salom berardi. Bir

kuni Abdulloh

(r.a.)ning oldiga borgandim, u men-dan birga bozorga borishni so'radi. "Bozorda nima

qilasan? Savdo-sotiqning ustida turmasang, narx surishtirmasang yoki bozorga mol

chiqarmasang, bozorda o'tirmasang. Undan ko'ra o'tir shu yerda, suhbatlashamiz",

dedim. Shunda Abdulloh (r.a.): "Ey, qorindor! Biz faqat uchragan kishiga salom berish

uchun boramiz", dedi.

1 Imom Nasoiy (r.al) Jobir ibn Abdulloh (r.a)dan rivoyat qilgan bir hadisda aytiladi:

"Yahudiylarning salomlariga alik olmangiz, alik olsangiz ham boshingizni silkish va qo'l

kaf-tingizni ko'tarish bilan alik oling". Albatta, agar ikki musulmon bir-biridan salomni

eshitmaydigan darajada uzokda bo'lsa, salom lafzini aytib turib, ishora bilan salomlashsa

www.ziyouz.com kutubxonasi 159

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!