19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

1020. Ibn Mas'ud (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.-v.)ning orqalarida namoz

o'qiyotgandik, kimdir "Allohga salom bo'lsin", dedi. Namozdan so'ig Rasuli ak-ram

(s.a.v.): "Allohga salom bo'lsin", deb kimaytdi? Alloh Salomdir. Lekin sizlar "Attahiyyatu

lillahi va-s-salovotu va-t-toyyibatu va-s-salamu 'alayka ayyuha-n-nabiy va rahmatullohi

va barakatuh, Assalamu alayna va alo ibodillahi-s-solihin. Ashhadu an la ilaha illallohu

va ashhadu anna Muhammadan 'ab-duhu va rasuluh", deb ayting", dedilar". Ibn Mas'ud

(r.a.): "Buni ular xuddi siz Qur'ondan bir sura o'rgan-ganingizdek o'rganar edilar",

dedilar.

1021. Abu Hurayradan rivoyat qshshngan bo'lib. u 417-bobdagi 948 va Abdulloh ibn

Mas'uddan rivoyat qilingan

949-hadisning takroridir.

454-bob. Yurib ketayotgan o'tirganga salom berishi haqida

1022. Abdurrahmon ibn Shibl (r.a.)dan rivoyat qilindi: Payg'ambar (s.a.v.) dedilar:

"Ulovdagi odam oyoqda (piyoda) ketayotganga, piyoda esa o'tirgan-ga, ozchilik

ko'pchilikka salom bersin. Salomiga alik olinsa olindi, alik olinmasa ham unga hech bir

(zarari) yo'q".

Abu Hurayradan rivoyat tsilingan 1023-hadis 1022-hadisning takrori.

1024. Jobir (r.a.) aytdilar: "Agar piyoda ketayotganlar uchrashib qolishsa, ulardan

birinchi bo'lib salom bergani afzaldir".

455-bobdagi 1025-hadis Abu Hurayra (r.a.)dan. 1026-hadis Fazala (r.a.)-dan rivoyat

qshshngan bo'lyb, 1022-hadis mazmunining takroridir.

456-bob. Piyoda otliqqa salom beradimi

1027. Husayn aytdilar: "Sha'biy otliq kishini uchratib qolib, birinchi bo'lib salom berdilar.

Men: "Salomni nega siz boshladingiz?" - dedim. U kishi: "Men Shurayhning piyoda

ketayotib birinchi bo'lib salom berganini ko'rganman", dedilar.

Yuqorilagi hadislarda otliq piyoda kishiga salom berishi vo-jibligi haqida gapirilgan edi,

bu hadisda esa, Sha'biyning otliqqa salom berishi aytilib, salomni kim boshlashi muhim

emas, balki, salomning o'zi muhimligi ta'kidlanmokda.

457-bobdagi 1028-1029-hadislar Fazala ibn Ubayd (r.a.)dan rivoyat qilingan bo'lib.

1022-hadisning takroridir.

458-bob. Kichiklarning kattalarga salom berishi haqida

1030-hadis 1022-hadisning takroridir.

1031. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Kichiklar kattalarga, piyoda

o'tirganga va kamchilik ko'pchilikka salom beradi", deya marhamat qildilar".

www.ziyouz.com kutubxonasi 158

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!