19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

450-bob. Salomni birinchi bo'lib boshlash haqida

1011. Bashir ibn Yasor (r.a.) aytdilar: "Hech kim Ibn Umar (r.a.)dan avval salom bera

olmas edi".

1012. Jobir (r.a.) aytdilar: "Otliq piyodaga, piyo-da esa, o'tirganga salom beradi. Piyoda

yurganlarning ichida afzali esa, birinchi bo'lib salom berganidir".

1013. Abdulloh ibn Umar (r.a.) aytdilar: "Rasulul-loh (s.a.v.)shshg ashoblaridan biri,

Muzayn o'g'illaridan bo'lgan Ag'ar (r.a.) Amr ibn Avfo o'g'illaridan bir miqtsor xurmo

olmoqchi edi. Shu sababli uning uyiga shoshilib bordi. Ag'ar: "Men Rasululloh (s.a.v.)

huzur-lariga bordim.Abu Bakr (r.a.) ham men bilan birga edi. Yo'lda borar ekanmiz,

yo'limizda uchragan barcha odam-lar bizga salom berardilar. Abu Bakr (r.a.): "Ko'rdingmi,

odamlar sendan oddin salom bermoqdalar, ularga javob qanday bo'lishi kerak - deb

so'radilar va o'zlari javob berdilar. - Salom berganga alik olmoq farzdir".

1014. Abu Ayub Ansoriydan rivoyat qilindi: "Ra-sululloh dedilar: "Musulmon kishi

birodari bilan ko'rishganda bir-biridan teskari qarab ketishi va 3 kundan ortiq arazlashib

yurishi halol emas. Ularning yaxshirog'i birinchi salomni boshlaganidir".

451-bob. Salomning fazilati haqida

1015. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) bir yig'inda o'tirganlarida bir kishi

kelib: "Assalomu alaykum", dedi. Rasululloh: "O'nta hasanot", dedilar. Yana bir kishi

keldi-da:i "Assalomu alaykum va rahmatulloh", dedi. Ul zot: "Yigirmata hasanot", deb

qo'ydilar. So'ng yana bir kishi kelib: "Assalomu alaykum va rahmatullohi va

barakotuhu", dedi. Ul zot: "O'ttizta hasanot", dedilar. Shunda bir kishi yig'in-dan turib

ketayotib salom bermadi. Rasululloh (s.a.v.): "Do'stingiz salomni unutayozdi, agar

birortangiz odam-lar to'plangan joyga kelsangiz salom bering, joy ko'rsatilsa o'tiring,

turib ketishda (yana) salom be-ring. Birinchi (salom) ikkinchisidan (savob va fazi-latga)

haqliroq emas", deya marhamat qildilar".

1016. Hz. Umar (r.a.) aytdilar: "Men Abu Bakr (r.a-.)ning orqasidan ketayotgan edim.

Bir qavmning oddidan o'tayotganda Abu Bakr: "Assalomu alaykum", dedi, ular:

"Assalomu alaykum va rahmatulloqi va barokotuh", dedilar. Shunda Abu Bakr: "Bugun

odamlar ko'pgana ziyodalik bilan bizdan ustundirlar", dedi".

1017-hadis ham hz.Umar (r.a.)dan rivoyat qshshngan bo'lib, yuqoridagi hadisning aynan

takroridir.

1018. Oyisha (r.a.) onamizdan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Yahudiylar sizlarning

salomingiz va ominingizga hasad qilganchalik bir ishda hasad qilmaganlar", dedilar".

452-bob. "As-Salom" Allohning ismlaridan biri ekanligi haqida

1019. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "As-Salom Alloh azza va

jallaning ismlari-dan biridir. Alloh uni yer yuziga qo'ydi, bas, salomni o'rtangizda

yoyingiz", dedilar".

www.ziyouz.com kutubxonasi 157

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!