19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

qilganman", dedi. So'ng tuyaning paypog'iday katta kaftini ochdi. Biz uning qo'lini

o'pdik".

1003. Sobit Anas ibn Molik (r.a.)ga dedilar: "Mana shu qulingiz bilan Rasululloh

(s.a.v.)ning (qo'llarini) ushlaganmisiz?" Anas: "Ha", degandilar, u qo'llarini o'pdi.

446-bob. Oyoqni o'pish haqida

1004. Vazo' ibn Omir (r.a.) aytdilar: "Biz (Rasululloh (s.a.v.) turgan joyga) keldik.

Odamlar: "Ana Rasululloh! (s.a.v.)" deyishdi. Biz ul zotning qo'llari va oyoqlarini o'pa

boshladik".

1005. Abu Bakr (r.a.)ning ozod qilgan qullari Suhayb (r.a.): "Men hz. Ali (k.v.)ning

Abbos (r.a.)ning qo'l-oyoqlarini o'payotganini ko'rdim", dedilar.

447-bob. Birovga ta'zim qilib o'rindan turish haqida

1006. Abu Miljaz aytdilar: "Muoviya (r.a.) chiqqan-larida Abdulloh ibn Omir va Abdulloh

ibn Zubayr (r.a.) o'tirgandilar. Ular orasida Ibn Zubayr (r.a.) vazminroq, jidtsiyroq odam

edi. Ibn Omir (r.a.) o'rni-dan turdi, Ibn Zubayr (r.a.) esa o'tiraverdi. Shunda Muoviya

(r.a.): "Payg'ambar (s.a.v.): "Allohning banda-laridan kimki o'zining amriga muntazir

bo'lib oldi-da (hurmat bilan) tik turishlarini yaxshi ko'rsa, u odam do'zahdan uy

hozirlayversin!" - degandilar", dedi".

448-bob. Salomning boshlanishi haqida

1007. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasu-lulloh (s.a.v.) dedilar: "Alloh taolo

Odam (a.s.)ni yaratdi, uning bo'yi 60 ziro'1 edi. Alloh unga: "Bor, anavi bir guruh

maloikalarga salom ber va ularning javoblarini eshitib ol, bu sening va zurriyotlaringning

salomi bo'ladi", dedi. U (Odam (a.s.) farishtalarga): "Assalomu alaykum",

dedi. Farishtalar: "Assalomu alayka va rahmatulloh", deb javob berdilar.

449-bob. Salomni keng yoyish, oshkora qilish haqida

1008. Baro ibn Ozib r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.) dedilar: "Salomni

oshkora qilinglar (orangizda yoyinglar), salomat bo'lasizlar".

1009. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasuli akram (s.a.v.) dedilar: "Jannatga kirolmaysiz

mo'min bo'lmaguningizcha, mo'min bo'la olmaysiz to bir-birlaringizni yaxshi

ko'rmaguningizcha. Bir-biringizni yaxshi ko'radigan bir narsa o'rgataymi?" - dedilar.

"Albatga, ey Allohning Rasuli", deyishdi. Ul zot: "Oranshzda salomni oshkor qiling (keng

yoying)", deya marhamat qildilar".

1 Ziro' - uzunlik o'lchovi; bir ziro' 75 santimetrga teng.

1010. Abdulloh ibn Amr^ (r.a.) aytdilar: "Rasulul-loh (s.a.v.): "Rahmonga ibodat kdling,

(qorni ochlar-ni) taomlantiring, salomni keng yoying, jannatga kirasiz", dedilar".

www.ziyouz.com kutubxonasi 156

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!