19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

997. Baro bin Ozib (r.a.) aytdilar: "Birodaring bilan qo'l berib so'rashishing

salomlashishning mu-kammalligidandir".

442-bob. Ayol kishi yosh bolaning boshini silashi haqida

998. Ibrohim ibn Mazduq Saqafiy otasidan rivoyat qildi: "Abdulloh ibn Zubayr (r.a.) meni

onasi Asmo' binti Abu Bakr (r.a.) huzuriga yubordilar. Men orqali u (ayol)ga Hajjojning

ularga qanday muomala qilishi haqida bildirdilar. Asmo' binti Abu Bakr (r.a.) mening

boshimni silab, duo qildilar. U payt-lar men yosh yigitcha edim".

443-bob. Quchoqlash haqida

999. Jobir ibn Abdulloh (r.a.)ga Rasululloh (s.a.v.) sahobiylaridan birining u kishi

bilmagan hadisni bilishi haqidagi xabar yetdi. Jobir (r.a.) aytdilar: "(Yo'lda) tuya yo'qolib

qoldi. U odamning oldiga bo-rish uchun qilgan bir oylik safarim g'oyatda og'ir kechdi. Va

nihoyat Shomga yetib bordim. U odam Abdulloh ibn Unays (r.a.) ekan. Unga: Jobir eshik

oldida turibdi, deb chopar jo'natdim. Chopar qaytib kelib: "Jobir ibn Abdullohmisiz?" -

dedi. Men: "Ha", de-dim. U odam chiqib meni quchoqlab oldi. Men: "Ikko-vimizdan

birimizning vafot etib qolishimizdan qo'rqqandim, qani, men eshitmagan hadisni ayting",

dedim. U dedi: "Men Rasululloh (s.a.v.)ning shunday deganlarini eshitdim: "Alloh taolo

bandalarni kiy-im-boshsiz va hech vaqosiz holda tiriltiradi", de-dilar. Biz: "Hech

vaqosiz?" - deb ajablandik. Ul zot: "Hech narsalari yo'q holda, so'ng uzoqdan (ham)

eshi-tiladigan ovoz bilan (menimcha, "yaqindan eshiti-layotgandek" dedilar) odamlarga

nido qilinadi: "Men (barcha narsalarning, qiyomat kunining) Egasiman, jannag ahlidan

birortasi toki undan bir do'zaxiy haqqini talab qilarkan, jannatga kirolmaydi. Do'zax

axlidan birortasi do'zaxga kirolmaydi, agar undan bir jannatiy haqini talab qilsa". Men:

"Qanday (qilib u yerda birovning haqi beriladi)? Axir biz Allohning huzuriga kiyimboshsiz

va hech narsasiz boramizku?" - dedim. Ul zot: "Savoblar (berilib), gunoxlar (olinishi)

bilan (haq ado etiladi)", dedilar".

444-bobdagi 1000-hadis 429-bobdagi 974-hadisning aynan takrori.

445-bob. Qo'l o'pish haqida

1001. Ibn Umar (r.a.) aytdilar: "G'azotda edik, odam-lar qocha boshladilar. Biz

Rasululloh (s.a.v.)ga: "Qanday odam bo'ldik, (urushdan) qochgan bo'lsak?" - dedik.

O'shanda: "Kimki o'sha kuni ulardan ortga chekinsa - jang ishi bilan chetlagan va biror

bo'linmaga qo'shilishga borganlar bundan mustasno - Allohning g'aza-bi bilan (birga)

qaytgan bo'lib, joyi jahannam bo'lur", degan oyati tushdi. (8:16) Biz: "Madinaga bormaymiz,

(toki) bizni hech kim ko'rmasin", dedik. Yana dedik: "Boraversak-chi?"

Borganimizda Rasululloh (s.a.v.) bomdod namozidan chiqib turgan ekanlar., biz ul

zotga: "Biz qochoqlarmiz", dedik. Ul zot: "(Io'q), sizlar urushda vaziyatni o'zgartirish

uchun chekinib turdingiz xolos", dedilar. Biz ul zotning qo'llarini o'pdik. Ul zot: "Men ham

sizlardanman", dedilar".

1002. Abdurrahmon bin Razin aytdilar: "Biz Rabza shahridan o'tib borardik. "Bizga yo'l

ustida turgan odamni ko'rsatib, Salama ibn Akva' ana shu", deyishdi. Oldiga borib salom

berdik. U qo'llarini chiqarib: "Mana shu qo'llarim bilan Rasululloh (s.a.v.)ga bay'at

www.ziyouz.com kutubxonasi 155

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!