19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

437-bob. Dunyo ishlariga bog'liq yaxshi bir o'git

990. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: "Rasu-lulloh (s.al.) Oliyaning bir qismidagi bozor

ichi-dan o'tib borar edilar, odamlar atroflarini o'rab olishdi. Shunda o'lib yotgan,

quloqlari kesik bir uloqchaning oldidan o'tib qoldilar. Uni qo'llariga olib: "Qaysi biringiz

mana shunga bir dirham berasiz?" - dedilar. Odamlar: "Biz uni nima qilamiz?" -

deyishdi. "Buni sizniki bo'lishini xohlaysizmi?" - dedilar. Odamlar: "Yo'q", deb javob

berishdi. Yana uch bor shunday deb so'radilar. Odamlar: "Xudo haqi, xohlamaymiz! Bu

uloqcha tirik bo'lganda ham qulog'i yo'qligidan aybi bor, deb sotib olmasdigu, holbuki, u

o'limtik bo'lsa!" - deyishdi. Ul zot: "Allohga qasamki, Alloh taolo uchun dunyo mana shu

uloqcha sizga hech qanday qadri bo'lmagandek, qadrsizdir", dedilar".

Oliya - Najdaning yuqori qismidan Taxomagacha va Makkagacha bo'lgan hudud nomi.

991. Utayya ibn Zamra aytdilar: "Men otamning Huzurlarida johiliyat odatlarini tark

qilmagan bir kishini ko'rdim. Otam uni i'dod qildilar va kunyasi bilan chaqirmadilar.

Do'stlari otamga qarab turgan edilar, otam ularga: "Sizlar bu ishga qarshimisiz-lar? Men

bu ishda hech qachon qo'rqmayman. Chunki Rasu-lulloh (s.a.v.)ning: "Kim johiliyat

bilan o'zini bog'-lasa uni i'dod qilinglar vaunga kinoya gapirmang-lar", deganlarini

eshitganman" - dedilar.

Hadisdagi arabcha "a'adda"("zod" harfi bilan) fe'lining ma'nosi "bir narsani tishi bilan

tutish", "tishlash" dir. Bu hadisdan ko'zlangan ma'no shuki, kimki o'zini johiliyat davriga

mansub deb bilsa va johiliyat davrining so'kish va shu kabi yomon odatlarini qayta

tiklamoqchi bo'lsa, unga otasining butlarga ibodat qilgani, zino va boshqa qabih ishlarni

qilganini esla-tib, uni gap bilan "uzib" olish kerak. U kunyasi bilan chaqiril-maydi, toki

odamlarning undan yuz o'girishlaridan qo'rqib, bu yomon ishlarini tashlasin.

438-bob. Oyog'i uvishgan kishining nima degani haqida

993. Abdurrahmon ibn Sa'd aytdilar: "Ibn Umar (r.a.)ning oyoqlari uvishib qoldi, shunda

bir kishi: "O'zingizga eng sevymly kipshni eslang", dedi. Ibn Umar (r.a.): "Muhammad

(s.a.v.)", dedilar".

439-bob "Jannat mujdasi", deb atalgan va undagi 994-hadis mazmuni 1151-hadisda

kelganligi uchun bu yerdan olib qo'ydik.

440-bob. Yosh bolalar bilan qo'l berib ko'rishish haqida

995. Salama ibn Virdon aytdilar: "Men Anas ibn Molik (r.a.)ni odamlar bilan qo'l berib

qo'rishayot-ganlarini ko'rdim. Shunda mendan: "Sen kimsan?" - deb so'radilar. "Men

Bani Laysning xodimiman", deb javob berdim. Anas ibn Molik boshimni uch marta silab,

haqimga duo qildilar".

441-bob. Qo'l berib so'rashish haqida

996. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Yamanliklar kelishganida Rasululloh (s.a.v.):

"Yamanliklar yaqin-lashdilar, ular sizdan ko'ra nozik qalbroqtsirlar. Qo'l berib

so'rashishni ham birinchi ular tadbiq qildilar", dedilar".

www.ziyouz.com kutubxonasi 154

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!