19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

yonida bolalar bilan o'ynayotganini ko'rdilar. O'sha payt Ibn Sayyod balog'at yoshiga

yetay deb qolgandi. Rasululloh (s.a.v.) kelib qo'llari bilan orqasiga urmagunlaricha, u

kelganlarni sezmadi. So'ng: "Men Allohning payg'ambari ekanligimga guvohlik

berasanmi?" - deb so'radilar. Ibn Sayyod: "Guvohlik beramanki, siz ummiylarning

payg'ambarisiz", dedi.Keyin Ibn Sayyod: "Siz ham mening Allohning rasuli ekanimga

guvohlik berasizmi?" - dedi. Ul zot uning savolini javobsiz qoldirdilar, so'ngra: "Al-lohga

va Uning Rasuliga imon keltirdim", dedilar. Keyin Ibn Sayyoddan "Nimani ko'rayapsan?"

- deb so'radilar. Ibn Sayyod: "Menga rost va yolg'on (xabar-lar) aralashib kelayapti

(ya'ni, ko'rgan tushlarim goho to'g'ri chiqmoqda, gohida yolg'on)", dedi. Ul zot: "Sening

ishlaring chigallashib ketibdi", dedilar.Rasululloh: "Men sendan bir narsani yashirdim, u

nima?" - dedilar. Ibn Sayyod: "Dux...", dedi. Ul zot: "Yo'qol, uni topishga qudrating

yetmaydi!" - dedilar. Hz. Umar: "Ey, Rasulalloh, izn bering, uning kallasini olay!" -

dedilar. Shunda Rasululloh (s.a.v.): "Agar bu o'sha (Dajjol) bo'lsa, qo'lingdan hech narsa

kelmay-di, agar u bo'lmasa, unda uni o'ddirishdan senga hech bir xayr yo'qdir", dedilar".

Ibn Umar (r.a.) dedilar: "Shundan keyin Payg'ambarimiz (s.a.v.) va hz. Umar va Ubay

ibn Ka'b Ansoriylar bir kuni Ibn Sayyod o'tirgan xurmozorga borishdi. Hatto Rasululloh

(s.a.v.) xur-mozorga kirib daraxtlar orqasiga yashirindilar, Ibn Sayyod ko'rmasidan oldin

uvdan biron narsa eshitmoqchi edilar. Ibn Sayyod tukli (yoki patli) kiyimi bilan o'rnida

chalqancha yotardi. Shu payt Ibn Sayyod-ning onasi Payg'ambar (s.a.v.)ning xurmo

panasida yashirinib turganlarini ko'rib qoldi va Ibn Sayyod-ga: "Ey, Sof! (uning ismi

shunday) Bu Muhammad-ku!" - dedi. Rasululloh (s.a.v.): "Onasi indamaganda edi,

uning kimligi aniq bo'lardi", dedilar.Abdulloh (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) odamlar

orasida turib Alloh taologa hamdu sano aytdilar. So'ng Dajjol haqida gapirib: "Men

sizlarni undan ogoh etaman, shubhasiz (mendan oddingi) har bir payg'ambar qavmini

undan ogohlantirgan. Nuh (a.s.) ham beshak, qavmini ogoh etgan. Lekin men sizga u

haqda birorta payg'ambar o'z qavmiga aytmagan gapni aytaman: bilasizki, u Dajjol bir

ko'zlidir, Alloh esa bir ko'zli emas".

987. Jobir (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) agar junub bo'lib qolsalar, boshlaridan uch

hovuch suv quyar edilar". Hasan ibn Muhammad Jobir (r.a.)ga: "Ey, Abu Abdulloh,

mening sochim juda qalinda", dedi. Jobir Hasanning soniga urib: "Ey, birodarimning

o'g'li, Rasululloh (s.a.v.)ning sochlari senikidan ham ko'p va chiroyliroq edi", dedilar.

436-bob. Odamlarning tik turishlarini yoqtirmagan kishi haqida

988-hadis 430-bobdagi 975-hadisnshg takroridir.

989. Ansorlardan biri farzand ko'rib, ismini Muxammad qo'ydi. Ansorlar unga: "Biz sizni

Rasulullohning ismlari bilan kunya qilib chaqirmaymiz", deyishdi. (Ya'ni sizni "Ey, Abu

Muhammad demaymiz", deyishmoqchi.) Yo'l ustida ul zotdan qiyomat haqida so'raymiz,

deb o'tirgandik. Rasululloh (s.a.v.): "Mening oldimga qiyomat haqida so'ragani

keldinglarmi?" - dedilar. Biz: "Ha", dedik. Ul zot: "Har bir nafas oluvchi jon zoti borki,

unga ajal (yoki qiyomat) 100 yilda (bo'lsa ham) keladi", dedilar. Biz: "Ansordan bir kishi

farzand ko'rib, ismini Muhammad qo'idi. Biz unga: "Biz sizni Rasululloh (ismlari) bilan

kunyalamaymiz", dedik. Ul zot: "Yaxshi aytibsizlar. Mening ismimni ko'yinglar, lekin

kunyam bilan kunyalamanglar", dedilar".

www.ziyouz.com kutubxonasi 153

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!