19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

Qays o'limi yaqinlashganini sezgach, farzandlarini to'pladi. Ularga: "Ey, farzandlarim,

nasihatimni olin glar. Zero, mendan yaxshi nasihatchini topol-maysiz. O'lganimda aytib

yig'lamang, Rasululloh (s.a.v.)ga ham aytib yig'lanmagan. Payg'ambar (s.a.v.)ning aytib

yig'lashdan qaytarganlarini eshittanman. Meni namoz o'qiydigan kiyimimga kafanlanglar.

Katgangazni boshliq qilib saylang, zero kattangazni boshliq qilsangaz, otangiz o'rnida

ishini davom etgaradi. Bordi-yu, kichkinangazni boshliq qilib qo'ysangiz, katgalaringiz

odamlarga befarq bo'lib qoladi va sizdan yuz o'giradi. Turmushingizni yaxshilang, zero

bu ishda odamlarga muhtojlikdan behojatlik bor. Tilanchiliqdan saqlaning, zero u yigit

kishi uchun eng oxirgi choradir. Meni dafn qilganingizda, qabrimni tekislab qo'ying.

Chunki Bakr ibn Voil mahallasi bilan oramizda adovat bor. Men (uning) ahmoqpigidan

omonda emasman. Bir ahmoqning bir ish qilib, diningizda nuqson paydo qilishidan

xavotardaman", dedi.

433-bob. Taajjublanganda boshni sarak-sarak qilish haqida

982. Abu Zarr aytdilar: "Men Rasululloh (s.a.v.)ga tahorat suvi berdim. Ul zot bopsharini

tebratab, lablarini tishladilar. Men "Ota-onam sizga fido bo'lsin, sizga ozor berdimmi?" -

dedim. Ul zot: "Yo'q, lekin sen (shunday) amirlar va imomlarga yetishasanki, ular

namozlarini vaqgidan kechiktiradilar", dedilar. Men: "Nimani tavsiya qilasiz?" - deb

so'radim. "Namozni vaqgida o'qi, ular bilan birga namoz vaqgiga yedang, namozni birga

o'qi, men o'qiganman, o'qimayman dema", dedilar.

434-bob. Taajjublanganda qo'lini tizzasiga urgan kishi haqida

983. Hz. Husayn (r.a.)dan rivoyat qilindi: Rasululloh (s.a.v.) hz. Ali (k.v.) va qizlari

Fotima (r.a.)ning uylariga kelib uyg'otib: "Namoz o'qimaysizlarmi?" - dedilar. Hz. Ali:

"Ey, Rasululloh, barchamizning jonimiz Allohning huzurida (qo'lida)dir, U uyg'otishni,

tiriltirishni xohlasa, uyg'onamiz", dedilar. Rasululloh biron narsa demay ketib qoldilar.

Keyinroq eshitdimki, qaytib ketayotib qo'llarini sonlariga urib: "Darhaqiqat, inson ko'p

janjal (bahs) qiluvchidir" (18:54), debdilar".

984. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Men hz. Alini peshonalariga qo'llari bilan urib shunday

deyotganlarini ko'rdim: "Ey, irokliklar, sizlar meni Rasululloh (s.a.v.)ga tuhmat qilayapti,

deb gumon qilayapsizlarmi? Sizlarga saodat, farahu menga gunoh bo'ladimi? Guvohlik

beramanki, Rasululloh (s.a.v.)ning: "Birortangizning poyabzali ipi uzilib keda, uni

tuzatmay turib ikkinchisi bilan yurmasin", deganlarini eshitganman".

435-bob. Kishi birodarining soniga urishi haqida

985. Abul Oliya Baro aytdilar: "Oldimdan Abdulloh ibn Somit o'tib qoldi, men unga kursi

berdim, o'tirdi. Undan: "Ibn Zayd namozni kechiktirdi, nima buyura-siz?" - deb so'radim.

Shunda u tizzamga bir urib, so'ng: "Men ham Abu Zarrdan siz so'ragan savolni so'ragandim,

u kishi ham sonimga men siznikiga urganimdek urgandilar. Keyin: "Namozni o'z

vaqgida o'qi, ular bilan (namoz vaqtiga) yetishsang birga o'qi, "Men o'qib bo'lganman,

o'qimayman", demagin", degan edilar", dedi.

986. Abdulloh ibn Umar (r.a.) aytdilar: "Umar ibn Xattob (r.a.) Rasululloh (s.a.v.) bilan

bir guruh ashoblar o'rtasida Ibn Sayyod tomonga qarab yo'l oldilar. Uni Mag'ola qal'asi

www.ziyouz.com kutubxonasi 152

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!