19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

namoz o'qidik, ul zot o'tirib o'qidilar, Abu Bakr (r.a.) takbirlarini odamlarga eshittirib

turdilar. Ul zot bizga qarab tik turganimizni ko'rib, o'tirishga ishora qildilar, biz namozni

o'tirib o'qidik, salom berilgach: "Siz forslar va rumlarning ishini qilayozdingiz: ularda

podshohda-ri o'tiradi, o'zlari esa tik turadilar. Bunday qilmang. Imomlaringizga iqgido

qiling: agar turib o'qisa, siz ham turib o'qing, agar o'tirib o'qisa, siz ham o'tirib o'qing",

deya marhamat qildilar".

431-bob. Esnaganda ogazni qo'l bilan tusish haqida

976. Abu Said Xudriy (r.a.)dan rivoyat qilindi: Rasululloh (s.a.v.) dedilar: "Agar

birortangiz esnasangiz, qo'lingizni og'zingizga ko'ying, chunki shaygon kiradi".

977. Ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Esnaganda qo'lni og'izga qo'yish kerak, zero esnoq

shaytondandir".

Abu Said Xudriy (r.a.)ning o'g'lidan rivoyat qilingan 978-hadis 976-hadisning takroridir.

979-hadis ham Abu Said Xudriy (r.a.)dan rivoyat qilingan bo'lib. 976 va 978-

hadislarning takrori bo'lib kelgan.

432-bob. Birovning boshini boqib qo'yishi mumkinmi

980. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) Ummu Hirom binti Milhonning

uyiga kirdilar. U ul zotga ovqat berdi. Bu ayol Uboda ibn Somit (r.a.)ning nikohida edi, u

(Uboda)ga ham ovqat olib kelib berdi va ul zotning boshlarini qarab qo'ydi1.-Keyin ul zot

uxladilar. So'ng uyg'onib kuldilar.

Bundan Rasululloh (s.a.v)ning boshlarvda bit bo'lgan ekan, degan ma'no chiqmaydi,

balki bu ayol ul zotning rohatlari uchun bu ishni qilgan. Shuningdek, bu ayolning

Rasululloh (s.a.v)ga mahram ekanini ulamolar ittifoq qilganlar.

981. Qays ibn Osim Sa'diy (r.a) aytdilar: "Rasulul-loh (s.a.v.)ning odtsilariga keldim. Ul

zot (meni): "Bu odam chodirda yashovchi (ya'ni badaviy)larning sayyididir", dedilar. "Ey,

Rasulalloh, mening zimmamda soilning ham, mehmonning ham haqi bo'lmagan mol

qay-si?" - deb so'radim. Ul zot: "Eng yaxshi mol qirqga bo'la-di, ko'pi oltmishta, yuzta

mol egasining holiga voy, faqatgana (molining) yaxshisini bergan, ortiqchasini ehson

qilgan , semizini so'ygan, o'zi ham uni yeb, soilu muhtojlarga ham berganlargina

butsdan mustasno", dedilar. "Ey, Rasulalloh, bu qanday ham oliyjanob xulq ekan-a,

biror bir vodiy yo'qki, unda mening mollarim ko'p bo'lmasa", dedim. Ul zot: "Ulardan

(sadaqa, ehson) berishda qanday yo'l tutasan?" - deb so'radilar. "Bir erkak tuya va ,

bitga ikki yoshli tuya beraman", dedim. Ul zot: "Hadya berishda qanday qilasan?" - deb

so'radilar. "Yiliga yuzta (tuya) beraman", dedim. Ul zot: "Voyaga yetgan urg'ochi

tuyalarni qanday qilasan?" - dedilar. "Biror kishi tuya(lar)dan (birini) jilovlasa, (birov)

unga mone'lik qilmaydi, u ko'ringan tuyani upshaydi", de-dim". Rasululloh (s.a.v.):

"Senga moling afzalmi yoki mavoliy (voris)laringning mollarimi?" - deb so'ra-dilar.

"Molim", dedim. Ul zot: "Molingdan yeganing - yo'q qilganing, (yo'qotganing) yoki

berganing - sarf qilganing qoladi, qolgani esa vorislaringaikidir", dedilar. "Darhaqiqat,

qaytib (uyimga) borsam, albatga mollarim sonini kamaytiraman, dedim". (Ya'ni

mollaridan sadaqa qilib yuborishga ahd qildi).

www.ziyouz.com kutubxonasi 151

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!