19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

yoniga kelib yaqinlashilgan bo’lsa, yaqinligiga, uzoqlashtirilgan bo’lsa, uzoqligiga

guvohlik beradi", dedilar.

39-bob. Ozod bo’lgan qullar haqida

74. Abdurrahmon ibn Abi Habib (r.a.) aytdilar: Abdulloh ibn Umar (r.a.) mendan: "Sen

qaysi qabiladan bo’lasan?" - deb so’radilar. Men u kishiga: "Men Tiym tamim

qabilasidanman", deb javob qilganim-da, u janob: "Shu qabilaning o’zidanmi yoki

ularning ozod qilgan qullaridanmi?" - dedilar. Men: "Ularning ozod qilgan

qullaridanman", degan edim, shunda u zot: "Unday bo’lsa, ozod qilgan qullaridanman,

deb aytishing kerak", dedilar.

40-bob. Payg’ambar do’stlari

75. Rifa'at ibn Rofi' (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: Rasululloh (s.a.v.) Umar ibn

Xattob (r.a.)ga: "Mening oldimga qavmlaringni yigib kel", deb buyurdilar. Hz. Umar

(r.a.) ularni to’plab Rasululloh(s.a.v.)ning eshiklari oldiga qo’yib, o’zlari Rasululloh

(s.a.v.) huzurlariga kirib: "Yo Rasululloh! qavmlarimni olib keldim", dedilar. Bu

voqeadan xabardor bo’lgan ansorlar eshitib: "Qurayshlar haqida biror vahy (oyat) kelgan

bo’lsa kerak", deb uni eshitish va ko’rish uchun ulardan bir qancha kishi ul janob

huzurlariga keldi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) uylaridan chiqib, ularning o’rtasida tik

turdilar-da: "Oralaringizda begona kishilar bormi?" - deb so’radilar. Hz. Umarning

qavmlari: "Ha, oramizda muohada qilishgan kishilarimiz, singlimizning o’gli va ham ozod

qilgan qullarimiz bor", deyishdi. Rasululloh (s.a.v.): "Muohada qilishgan kishilar,

singlimizning o’gli hamda ozod qilgan qullarimiz hammasi o’zimizniki va sizlar quloq

solasizlar: Qaysilaringiz Alloh taolodan qo’rquvchiroq bo’lsa, shular mening

yaqinlarimdir. Agar sizlar shunday bo’lsalaringiz yaxshi, aks holda oqibat nima bo’lishini

o’zlaringiz o’ylab ko’ring! qiyomat kuni odamlar (yaxshi) amallar bilan kelganda sizlar

og’ir yuklarni (gunohlarni) ko’tarib kelmang, u vaqtda Alloh taolo sizlardan yuz o’giradi",

dedilar. Shundan. keyin Rasululloh muborak ikki qo’llarini ko’tarib, qurayshlar boshiga

qo’ydilar: "Ey, odamlar! quraysh qabilasi ishonchli kishilardir, kim ularga zulm va

yomonlikni ravo ko’rsa, Alloh taolo uni ikki burni bilan yerga to’ntaradi", deb shu so’zni

uch bor qaytardilar.

Ikki burun bilan to’ntarish - demak, Alloh taolo benihoya xor qiladi demak .

41-bob. Biz tarbiya qilgan kishi haqida

76. Uqba ibn Omir (r.a.) aytdilar: "Men Rasululloh (s.a.v.)dan: "Kimda uchta qiz bo’lib,

ularning tarbiyasidagi qiyinchilikka sabr etsa va topgan molidan ularning kiyimkechaklarini

but qilsa, ular bu kishiga do’zaxdan parda bo’ladi", degan gaplarini

eshitdim".

77. Abdulloh ibn Abbos (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)dan rivoyat qildilar. "Rasululloh (sa.v.):

"Har bir musulmon kishining ikkita qizi bo’lib, ularni yaxshi axloq, yaxshi muomala bilan

tarbiyat qilsa, qizlari albatta uning jannatga kirishiga sababchi bo’ladi", - dedilar".

78. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Kimning uchta qizi bo’lib,

ularni o’z qo’lida tarbiya qilib katta qilsa va ularga marhamat nazari bilan qarasa,

www.ziyouz.com kutubxonasi 15

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!